46
Bozor kon`yukturasini tahlil qilish kompleks yondashuvni taqozo etadi:
Bir-birini to„ldirib turadigan axborot manbalaridan foydalanish;
Bozor kon`yukturasini baholovchi ko„rsatkichlarning
hozirgi va kelajakdagi
holatini taqqoslash;
Prognozlash va tahlilning turli uslublaridan foydalanish.
Bozor kon`yukturasi tahlilining muhim bosqichlaridan biri bu axborot yig‟ish
jarayonidir. Kon`yuktura to„g‟risida to„liq ma`lumot beruvchi yagona manba yo„q, shuning uchun
tadqiqotlarda turli manbalardan foydalaniladi.
Ma`lumotlarni umumiy, tijorat va maxsus xillari mavjud.
Umumiy ma`lumotlar o„zida tarmoq yoki aynan shu ishlab chiqarish bilan bog‟lik bo„lgan
bozor holatini to„liq aks ettiruvchi ma`lumotlarni mujassamlashtiradi. Ular davlat va tarmoq
statistikasi ma`lumotlari, turli hisobotlardan tashkil topgan.
Masalan, sanoat ishlab chiqarishining asosiy ko„rsatkichlari haqidagi ma`lumotlar: sanoat
ishlab
chiqarish indeksi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning mutlaq hajmi, ishlab chiqarish
imkoniyatlari,
mehnat unumdorligi, ishsizlar, ish xaqi,
investitsiya va boshqalar; qishloq xo„jaligi
bo„yicha ma`lumotlar: ishlab chiqarish indeksi, ekin maydonlari, o„rtacha hosildorlik, agrofirmalar
soni va tarkibi, ishlovchilar soni, xom-ashyo va tayyor mahsulot narxlari kabi ko„rsatkichlar kiradi
va hokazo.
Tijorat ma`lumotlari korxonaning tovar harakati va savdo-sotiq bo„yicha xisobotlari
asosidagi ma`lumotlar bo„lib, ularga: savdo tashkilotlarining istaklari va buyurtmalari kiradi.
Maxsus ma`lumotlar bozorni o„rganish bo„yicha o„tkazilgan izlanishlarning natijalaridan
hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ma`lumotlaridan tashkil topgan. Maxsus ma`lumotlar
qimmatli
axborot manbasi hisoblanadi, chunki uning asosida boshqa usullar bilan olib
bo„lmaydigan ma`lumotlar yotadi.
Bozor kon`yukturasini o„rganishda bozor holatining faqat ayni vaqtdagi emas,
balki yaqin
kelajakdagi holatini oldindan baholash vazifasi qo„yiladi. Bozor kon`yukturasi ko„rsatkichlari
tahlilining taxminiy natijalari va hisobotlardagi ma`lumotlar birgalikda kelajakdagi ijobiy
jarayonlarni
rivojlantirishga
hamda
mavjud
yoki
hosil
bo„lishi
mumkin
bo„lgan
nomutanosibliklarning oldini olish bo„yicha tadbirlarni amalga oshirishga imkon beradi.
Umuman istiqbolni aniqlash ma`lum ob`ektning bo„lajak holatini,
ilmiy asosda obrazini
yaratish demakdir. Xar qanday mamlakat ichki iktisodiy holatini va ishlab chiqarish istiqbolini
begilashda ichki tovar xamda jahon bozorlaridagi o„zgarishlarni aniq tasavvur qilish va baholay
olish, uning progressiv tendentsiyalariga mos ilmiy-ishlab chiqarish
omillarini ishga solish
ob`ektiv zaruratdir. Tovar bozorlari kon`yukturasi istiqbollari eksport va import mahsulotlari,
bozor guruhlari, bozordagi baholar va boshqalar shaklida ishlab chiqilishi mumkin. Ular qisqa (3
yilgacha), o„rta (5 yilgacha) va uzoq muddatlar (5 yildan ko„p) ga aniqlanishi mumkin.