43
Talabga nafaqat bu ko„rsatkichlar, balki aholining xarid qobiliyati ham ta`sir ko„rsatadi.
Shuning uchun talab tahlilida aholining daromad darajasi, iste`mol krediti berilish shartlari,
aholining jamg‟armalari, kasbiy tarkibi va ma`lumoti o„rganiladi. Ma`lum davr mobaynida
iste`mol tarkibi va miqdorini aniqlash, ya`ni bozor sig‟imini hisoblash xam talabni o„rganishda
qo„llaniladi.
Bozor sig‟imini tahlil qilayotganda aholining xarid qobiliyati ish xaqi ma`lumotlari, soliqlar
darajasi, uy-joy va turli xizmatlar uchun to„lovlar, tovar narxlari bo„yicha o„rganiladi.
Bozor sig‟imi ma`lum vaqt ichida mamlakat milliy bozorlarida iste`mol qilingan tovar va
xizmatlar bilan aniqlanadi.
Bozor sig‟imi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
E = P + Z + I - e ; bunda:
P - ishlab chiqarish hajmi;
Z - qoldiq tovar zaxiralari;
I - import ;
E - eksport
.
Baholovchi ko„rsatkich bo„lganligi tufayli bozor sig‟imi ko„rsatkichi bir qancha qo„shimcha
ko„rsatkichlar orqali to„ldiriladi: haqiqiy bozor sig‟imi, istiqboldagi bozor sig‟imi, iste`molchi
tasarrufidagi tovarlar.
Haqiqiy bozor sig‟imi - mavjud cheklashlar doirasidagi haqiqiy savdo hajmlari.
Istiqboldagi bozor sig‟imi - nazariy jihatdan hisoblangan bozor sig‟imi, ya`ni har bir
iste`molchi mumkin qadar ko„p tovarlarni iste`mol qiladi.
Iste`molchi tasarrufidagi tovarlar - uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga taaluqli
bo„lib, ayni vaqtda iste`molchi tomonidan qo„llanilayotgan tovarlar hajmini anglatadi.