44
Bozordagi raqobatchi firmalarning ulushi va ishlab chiqarish imkoniyatlarini o„rganish
firmaga ayni bozorda qanday harakat qilish kerakligini ta`minlaydi. Buning uchun taqqoslashlar
olib borish mumkin: yuqori bozor ulushiga ega bo„lgan har bir raqobatchi firmalar narxlari va sarf-
xarajatlari, o„xshash tovarlarning sifat va texnik-iqtisodiy ko„rsatkichlari, raqobatchilar tomonidan
bozorga taklif qilinayotgan yangi tovarlar va hokazo.
Firmaning rivojlanish istiqbollarini baholash ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli jahon
bozorlarida yangicha tovarlarning chiqishi, mavjud tovarlarning mukammallashuvi va turlarining
ko„payishi xisobiga olib boriladi. Firma doimiy ravishda tadqiqotlar olib borishi, xaridor talabini
hamda ishlab chiqarishni o„zgartirishga qobil yangiliklar va kashfiyotlardan xabardor bo„lishi
zarur.