41
Marketingda bozor tushunchasi asosiy kategoriyalardan biri hisoblanadi, chunki marketing
so„zi aynan «bozorshunoslik» ma`nosini bildiradi.
Bozor deganda tovarni sotish sababi buyicha almashuv jarayonida
vujudga keladigan
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy munosabatlar majmui tushuniladi.
Bozor - xaridor bilan sotuvchi o„rtasida tovarni pulga almashtirish jarayoni yuz beradigan
joy, alohida makondir. Bozor ishtirokchilari ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar bo„lsa, uning
ob`ekti - tovar, vositasi - puldir. Bozor o„zining konun-qoidalari bilan boshqariladi,
u doimo
o„zgarib, kengayib borish xarakteriga ega. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlangani sari,
ichki va
xalqaro mehnat taqsimoti kengayib borishi bilan bozor ham kengayadi, uning turlari ko„payadi.
Bozor quyidagilarni ta`minlaydi:
1. Resurslarni jamiyatga kerakli tovarlar ishlab chiqarishga yo„naltirish yo„li bilan ularni
samarali taqsimlashni
2. O„zgaruvchan sharoitlarda moslashuvchanlikni
3. Iste`molchi va tadbirkorlarni erkin tanlash
4. Ilmiy - texnika taraqqiyoti natijalaridan samarali foydalanish va hokazo.
Yuqoridagi fikrlar bozor va uning mohiyatini tushunib olishga ko„maklashgan bo„lsa, endi
bozorni o„rganishning maqsadi va usullari haqida suhbatlashamiz.
Marketing tadqiqotlarining eng muhim yo„nalishlaridan
biri - bozor holati, rivojlanish
istiqbollarini asoslangan holda oldindan ko„rishni
amalga oshirishga va korxona, firmalarning
ishlab chiqarish-sotish va ilmiy-texnik faoliyati samaradorligini ta`minlash
maqsadida bozorga
marketing ta`sirining tegishli tadbirlarini ishlab chiqishga imkon beruvchi yo„nalish bozorni
kompleks tadqiq qilishdir (BKT). Zamonaviy marketing tamoyillarida
bozorni tadqiq qilishga
alohida e`tibor qaratiladi xamda u marketing strategiyasi asosini tashkil etadi.
Bozorni o„rganishdan asosiy maqsad uning holatiga baho berish va rivojlanish istiqbolini
ishlab chiqishdan iborat.