37
3) qishloq joylarda do„konlarning kamligi;
4) qishloq joylarda tovarlar sifati pastligi va assortiment ko„lamining kamligi;
5) qishloq aholisi faqat sovg‟alarnigina shahar do„konlaridan sotib olish ko„nikmasiga ega
va hk.
7.2.-chizma
Anketa javoblarining imkoni boricha boy va ko„p qirrali ma`lumotlar olishga
qaratilganligiga alohida e`tibor beriladi. Bir muncha o„xshash savollar, javoblar chiqarib
tashlanadi. Tayyor, muayyan tizimga keltirilgan anketalar dastlab sinab ko„riladi, undan olinadigan
natijalarning sifatliligiga baho beriladi. Bu bosqichga mutaxassislar bilan bir qatorda marketing
xodimlari, rahbariyat vakillari jalb etiladi.
Keyingi bosqich – anketa savollari va javoblari dastlabki sinash va tekshirish hisoblanadi.
Tegishli tartibga keltirilgan anketa dastlabki sinovdan o„tishi
undagi savollarni mantiqan
takomillashtirish, mazmunan oydinlashtirish uchun xizmat qiladi. Bu sinovda chegaralangan va
tanlab olingan respondentlar bilan ishlanadi. Ushbu sinash – «uchirma sinov» (ruscha «pilotnoe
ispitanie») deb ham yuritiladi. To„ldirilgan anketalar qayta ishlanadi, tahlil qilinadi va
umumlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda, anketa barcha keyingi bosqichlardan o„tkaziladi va
sinab ko„riladi. Ularda uchrashi mumkin bo„lgan to„siqlar, yanglishmovchiliklar oldindan tekshirib
ko„rish imkoni yaratiladi va o„z vaqtida bartaraf etiladi. Masalan,
anketa savollariga berilgan
javoblarni eHMga kiritish chog‟ida, respondentlarni 4 yoki 5 ta belgi bo„yicha guruhlarga ajratish
zarurati tug‟ildi. Masalan, respondentlarning oilaviy holati, yashash joyi, kasbi, iste`mol jadalligi