34
chiqaruvchilar, ta`minotchi, vositachi, keng iste`molchilar ommasining talabi, qarashlari, tabiati
haqidagi ma`lumotlar bilan ta`minlashga xizmat qiladi.
Bu ma`lumotlar manbaiga va ko„zlagan maqsadiga binoan birlamchi va ikkilamchi bo„lishi
mumkin. Marketing tadqiqotlarida birlamchi axborot yig‟ish
juda muhimdir, sababi birinchi
darajali ma`lumotlar iiste`molchilar fikrini to„liq va to„g‟ri o„rganishda yordamlashadi.
Birlamchi axborot yig‟ishning 4 ta asosiy uslubi mavjud:
A) kuzatuv - analitik uslub bo„lib, bunda tadqiqotlar nazoratchisi real
vaqt va muhit sharoitida
bo„layotgan jarayonni kuzatib boradi. Bu uslub bilan iste`molchi, xaridorlarning xulqi va suhbati
o„rganiladi.
B) tajriba - bu uslubda bir yoki bir necha omillar nazariy va uslubiy ko„rsatmalarga
asosan
o„rganiladi.
C) so„rov - bu uslub katta hajmdagi axborot to„plash imkonini beradi.
D) imitatsiya (o„xshatma).
Nazorat uchun savollar.
1. Birlamchi axborot yig‟ishning qanday usullari bor?
2. Kuzatuv qanday hollarda qo„llaniladi?
3. So„rov usulining eng tarqalgan ko„rinishi qaysi va u qanday hollarda qo„laniladi?
Mavzu № 7. Axborot yig‟ishda so„rov uslubi.
1. Marketing tadqiqotlarida so„rov uslubi.
2. Anketalash - so„rovning eng qulay usuli sifatida.
1. Marketing tadqiqotlarida so„rov uslubi.
Iste`molchilar xoxish-istaklarini aniqlashga qaratilgan birinchi darajali ma`lumotlar
“so„rov” deyiladi. So„rov tajriba va kuzatuv o„rtasida bo„lib, tasviriy tadqiqot uchun juda qulaydir,
qachonki kuzatish qidiruv tadqiqotlariga, tajriba esa sabab-oqibat bog‟liqliklarini
aniqlashga mos
keladi. Marketing tadqiqotlarida so„rov uslubi tavsiflovchi, tasvirlovchi yo„nalishdagi
izlanishlarda ko„proq qo„llaniladi.
Jumladan, mijozlar va xaridorlarning qat`iyati, qiziqishlari,
ishtiyoqdagi o„zgarishlar, mamnunligi va shunga o„xshash yo„nalishdagi
tadqiqotlarni misol
qilish mumkin. So„rov uslubi tadqiqotning yo„nalishiga ko„ra anketa yoki mexaniq qurilmalar
vositasida amalga oshiriladi. So„roq uslubining samarali
jihati shundan iboratki, u tadqiqotda bir
necha marotaba qo„llanilishi, tegishli ob`ekt to„g‟risida axborotlarni umumlashtirib borish
imkonini beradi.