|
Mavzu № 6. Marketing tadqiqotlarining uslublari
|
bet | 27/117 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 424,75 Kb. | | #112507 |
Bog'liq Marketing tadqiqotlari-fayllar.orgMavzu № 6. Marketing tadqiqotlarining uslublari.
1. Marketing tadqiqotlarida qo„llaniladigan uslublar tavsifi.
2. Kuzatuv uslubida axborot yig‟ish.
3. Marketing tadqiqotlarida tajriba uslubining afzalliklari.
1. Marketing tadqiqotlarida qo„llaniladigan uslublar tavsifi.
Bozor sharoitidagi korxonalar, xaridorlarning talablari asosida o„z mahsulotlari va
xizmatlarini tashkil etishlari, mahsulotlarning raqobatbardoshiligini oshirishlari, mahsulotning
yashash davriga asoslanib korxonaning faoliyat yo„nalishlarini aniqlashlari, o„z firma uslublarini
ishlab chiqishlari shart va hokazo. Hozirda O„zbekistondagi korxona va firmalar ham marketing
tadqiqotlari o„tkazishmoqda. Masalan, davlatimizda faoliyat ko„rsatayotgan ko„pgina qo„shma
korxonalar va boshqa yirik korxonalar muntazam ravishda marketing tadqiqotlarini olib boradilar.
Har qanday marketing tadqiqotining muvaffaqiyati pirovardida unga nisbatan jamiyatda paydo
bo„lgan ishonchga bog‟liq ekan, tadqiqot natijasida olingan ma`lumotlar ishlab chiqaruvchilar,
ta`minotchi, vositachi, keng iste`molchilar ommasining talabi, qarashlari, tabiati haqidagi
ma`lumotlar bilan ta`minlashga xizmat qiladi.
Bu ma`lumotlar manbaiga va ko„zlagan maqsadiga binoan birlamchi va ikkilamchi bo„lishi
mumkin. Ikkilamchi ma`lumotlar yig‟ini arzonligi va manbalarining etarli darajada xilma-xilligi
bilan farqlanadi. Bu ma`lumotlar muammoga aniqlik kiritmasa agar, birlamchi ma`lumotlar yig‟ish
kerak bo„ladi.
Iste`molchilarning istak va xoxishlarini ko„rsatish maqsadida o„tkaziladigan izlanish
tadqiqoti rasmiy tadqiqotlar deyiladi.
Statistik tahlillar olish maqsadida ko„p miqdordagi xaridlardan pochta orqali yoki shaxsiy
interv‟yular borasida ma`lumot olishni mo„ljallangan tadqiqot miqdoriy tadqiqot deyiladi.
Amaliyotda firmalar marketing tadqiqotlarida birlamchi ma`lumotlarni yig‟ishni
samaraliroq natija beradi deb hisoblashadi.
Marketing tadqiqotlarida birlamchi axborot yig‟ish juda muhimdir, sababi birinchi darajali
ma`lumotlar iiste`molchilar fikrini to„liq va to„g‟ri o„rganishda yordamlashadi.
|
| |