32
B) tajriba - bu uslubda bir yoki bir necha omillar nazariy va uslubiy ko„rsatmalarga asosan
o„rganiladi.
C) so‘rov - bu uslub katta hajmdagi axborot to„plash imkonini beradi.
D) imitatsiya (o‘xshatma) - bunda EHM va turli kom‟pyuter dasturlarida virtual holatlarni kelib
chiqarib, so„ng ularning echimini izlashda foydalanish tushuniladi.
Bu uslubdan foydalanish murakkabroq va serxarajatdir.
Bozorda vujudga kelayotgan o„zgarishlarni o„z vaqtida seza bilish, muayyan davr
mobaynida
xaridorlar atvorini, mijozlar xatti-harakatini, raqobatchilar taktikasini o„rganish
korxona va tashkilotlarning marketing faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu xususda axborotni to„liq olish, qayta ishlash va undan qaror qabul qilish bosqichida
unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha chegaralangan bo„ladi. Chunki, bozorda ro„y
berayotgan o„zgarishlarning jaddalgi, o„zaro bog‟liqligi va ta`sirchanligi yuqoridir.
Shu sababdan, o„rganilayotgan jarayon yoki ob`ekt xususida zudlik bilan axborot olish,
uning imkoni boricha to„laligini, ishonchliligini ta`minlash
talab etiladi, bunday tarzda axborot
olish uslubi - kuzatish uslubi hisoblanadi.
2. Kuzatuv uslubida axborot yig‟ish.
Marketing tadqiqotlarining kuzatuv uslubi bu kishilar, voqealar va holatlarni kuzatish
yordamida yig‟ilgan birinchi darajali ma`lumotdir. Kuzatish uslubi iqtisodiy,
ijtimoiy sohalar
statistikasida ko„p qo„llaniladigan axborot yig‟ish uslubi sanaladi.
Bu ma`lumot yig‟ishning asosiy turlaridan bo„lib, bunda tadqiqotchilar sharoitni uzluksiz
kuzatib boradilar. Masalan, yuk va aholi tashiydigan mashinalar ishiga baho berish hamda tahlil
qilish maqsadida tadqiqotchilar avtomagazinlarda, reysli avtobuslarda, yo„lovchilar yukini tashish
mashinalarida ishlab, yuk tashish sifati va aholi talabining bajarilishiga baho berishlari mumkin.
Marketing tadqiqotlari bilan shug‟ullanadigan firmalar iste`molchilarning
xaridlari va ularning
marketing tadbirlariga munosabatlarini kuzatadilar, keyin esa olingan ma`lumotlarni qayta ishlab,
ular orasida bog‟lanishni topishga harakat qiladilar. Xaridorlarning reklamaga e`tibori bilan
ularning nima sotib olishlari aloqasini kuzatish uchun elektron tizimlar ham xizmat qilishi
mumkin.
Kuzatish o„z navbatida bir qator turkumlash belgilariga ko„ra farqlanadi. Kuzatish asosida
o„rganilayotgan ob`ekt yoki jarayonga xos bo„lgan axborotni yoppasiga
yoki tanlanma shaklda
olish mumkin. Yoppasiga kuzatish muayyan majmuaning barcha birliklarini tadqiq qilish asosida
amalga oshiriladi. Bunday kuzatish odatda ko„p vaqt, mablag‟ talab qiladi va uning natijalari
tarmoqlararo ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi. Masalan, aholini ro„yxatga olish,
tegishli xududdagi sanoat va savdo korxonalarini ro„yxatga olish va h.q.
Tanlanma kuzatish esa marketing tadqiqotlarida ko„proq qo„llanadigan uslub
hisoblanadi. U yoppasiga kuzatishdan bir necha xususiyatlarga ko„ra farqlanadi va etarlicha
afzalliklarga ega. Ular quyidagilardan iborat:
Birinchidan, tanlama kuzatishda yig‟iladigan ma`lumotlar tez fursatda amalga oshiriladi.
Bu esa bozor xususida tezkor axborot yig‟ish va qaror qabul qilish jarayoni uchun o„ta
muhimdir.
Ikkichidan, tanlama kuzatish yo„li bilan olinadigan axborot majmuaning ko„p qirralarini
va xususiyatlarini atroflicha o„rganish imkonini beradi. Natijada
majmua xususidagi axborotni
to„liqroq tarzda qayta ishlash, undan unumli foydalanish mumkin bo„ladi.
Uchinchidan, tanlama kuzatishda ro„yxatga oluvchilar miqdori nisbatan kam bo„lganligi
sababli, tadqiqot ob`ektini (yoki muloqotdagi auditoriyani) tayyorlash, u bilan mustahkam aloqa
va qayta aloqa o„rnatish imkoni bir muncha yuqori bo„ladi, bu xususiyat esa kuzatishda
«yanglishishlar» ehtimolini kamaytirishga sabab bo„ladi.
33
To„rtinchidan, majmua miqyosida kuzatish o„tkazish ko„plab xodimlarni jalb qilish va
harajatlarni ortib borishigaolib kelsa, tanlama kuzatishda tadqiqot nisbatan arzon tashkil
etiladi.
Lekin tanlama kuzatishni amalga oshirish dastavval muayyan qoidalarga va ketma-
ketlikka amal qilishni talab etadi. Bu birinchi navbatda kuzatish uchun aniqlanadigan
tanlovning miqdoriy va sifat jihatdan vakilligi bilan bog‟liq.
Kuzatish uchun majmuaning
tayinli miqdorini ajratish tanlovning miqdoriy vakilligi deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda,
majmuaning ko„lami haqida etarli darajada asoslangan fikr yuritish uchun zarur bo„lgan miqdor
birligi -
tanlovning miqdoriy vakilligi deb ataladi. Sifat jihatdan vakillik deganda majmuani
tashkil qiluvchi elementlarning (guruhlarning) tanlama kuzatishdagi
ishtirokini belgilovchi
miqdor birliklari tushuniladi.