• Guruh ishtirokidagi interv‟yu
  • Telefon orqali so„rov
  • So„rov 3 ko„rinishda o„tkazilishi mumkin




    Download 424,75 Kb.
    bet31/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    So„rov 3 ko„rinishda o„tkazilishi mumkin:

    SHaxsiy so„rov

    Telefon orqali so„rov

    Pochta orqali so„rov
    Shaxsiy so„rovnomaning (interv‟yu) 2 ko„rinishi mavjud: 
    1. yakka tartibdagi so„rov - har bir so„roqqa olinuvchi (respondent) bilan uyda,
    korxonada, ko„chada alohida suhbat olib borishni ko„zda tutadi.
    2. guruhiy so„rov - bir guruh kishilar bilan berilgan savollar bo„yicha suhbat olib boriladi.
    Shaxsiy interv‟yu so„rov uslubida keng qo„llanilib, interv‟yu olib boruvchi tomonidan
    savollarga to„la javob olish va uni yanada aniqlashtirish imkonini beradi. U yuqori mahoratli
    mutaxassislar ishtirokida, belgilangan savollar ko„lami amalga oshiriladi. Uning natijalari
    magnitofon yoki videomagnitofonlarga yozilishi, so„ngra umumlashtirilishi lozim. SHaxsiy



    35
    interv‟yu bir necha minut yoki bir necha soat davom etadi va shu sababdan respondentlarga


    suhbatdan so„ng sovg‟a berib rag‟batlantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    Guruh ishtirokidagi interv‟yu esa bir necha (odatda 4-12 kishidan iborat guruh) shaxslar
    ishtirokida, ular fikrini aniqlash, umumlashtirish, bir qarorga kelishni ta`minlash maqsadida
    uyushtiriladi. Guruh ishtirokidagi interv‟yu olib boruvchi muloqotga usta, notiq va fikrlarni
    mantiqan umumlashtirishda yuksak qobiliyat sohibi bo„lishi nazarda tutiladi. Bunday suhbat
    videolentaga yozilishi va keyinchalik to„g‟ridan- to„g‟ri rahbariyatga topshirilishi mumkin. Bunda
    so„ralayotgan ob`ektning o„zi, o„z fikrlarining asoslashlari yaqqol ko„rinib turadi. Masalan, yangi
    avtomobilning ichki jihozlari, uning qulay dizaynda yasalishi bo„yicha so„rovda ko„p yillik
    haydovchilar bilan guruhli interv‟yu o„tkazish mumkin.
    Telefon orqali so„rov ma`lumot yig‟ishning eng oson va qulay usulidir. Bu usulda
    tadqiqotchi respondentdan qisqa vaqt ichida, kam xarajat qilib katta miqdorda ma`lumot olishi
    mumkin. Telefon vositasida interv‟yu- so„raluvchi (respondent) bilan telefondagi qisqa suhbatni
    o„z ichiga oladi. Odatda u telefon aloqasi yaxshi uyushtirilgan holatdagina qo„llaniladi. Lekin,
    so„raluvchi bilan atroflicha suhbatlashish, uning fikrini mukammalroq bilish doirasi bir muncha
    cheklangan bo„ladi.
    Bu usulning kamchiliklari: birinchidan, bunday so„rovni faqat telefoni bor kishilar bilan
    o„tkazish mumkin; ikkinchidan, so„rovda qatnashish istagini har kim ham beravermaydi.

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117




    Download 424,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    So„rov 3 ko„rinishda o„tkazilishi mumkin

    Download 424,75 Kb.