|
Marketing tadqiqotlari
|
bet | 32/117 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 424,75 Kb. | | #112507 |
Bog'liq Marketing tadqiqotlari-fayllar.orgPochta orqali so„rov ko„pincha anketa savollariga javob olishdan iborat. Bunda
tadqiqotchi respondent bilan bilvosita bog‟lanadi hamda uning javoblariga ta`sir ko„rsata olmaydi.
Tarqatilgan anketalardagi savollar aniq va tushunarli berilishi, javob variantlari esa barcha
holatlarni inobatga olishi kerak. Bu usulning kamchiligi - respondentlarning anketalarni hamma
vaqt ham qaytarib bermasliklari hisoblanadi.
So„rov uslubi tadqiqot uchun tanlov birligi, hajmi, belgisi va o„tkazish tartibini
dastavval aniqlanishni taqozo etadi. Masalan, o„rganilayotgan majmua ob`ektlarning barchasini
to„liq o„rganish imkoni bo„lmaganda, tanlanma uslub qo„llaniladi. Yuqoridagi misolda
keltirilgan soch quritish va soch turmaklash qurilmasini sotib olib foydanalayotgan ayollarning
ushbu predmetga munosabati, mamnunligi, xarid vaqtida va xariddan 1 oy keyin so„roq tarzida
amalga oshirilishi mumkin. Muloqot yo„nalishida esa telefon, pochta, shaxsiy yoki guruhli
suhbat qo„llaniladi.
Muloqotdagi auditoriya bilan aloqa o„rnatish uslublari ichida telefon orqali interv‟yu,
shaxsiy, guruhlar vositasida interv‟yu, pochta orqali anketa yuborish ko„p qo„llaniladi.
So„rov usullarining afzalliklari va kamchiliklari quyidagi 7.1-jadvalda berilgan:
7.1.- jadval
Ko„rsatkichlar
Pochta
usuli
Telefon usuli
Shaxsiy so„rov
usuli
Internet orqali
so„rov
1.Egiluvchanlik
yomon
yaxshi
juda yaxshi
qoniqarli
2. Olib bo„ladigan
ma`lumot miqdori
yaxshi
qoniqarli
juda yaxshi
yaxshi
3. Interv‟yuer
ta`sirini nazorat
qilish
juda yaxshi
qoniqarli
yomon
juda yaxshi
4. Tanlov nazorati
qoniqarli
juda yaxshi
qoniqarli
qoniqarli
5. Ma`lumot
yig‟ish tezligi
yomon
juda yaxshi
yaxshi
yomon
6. e`tibor darajasi
yomon
yaxshi
yaxshi
yomon
7. Qiymati
yaxshi
qoniqarli
yomon
juda yaxshi
8. Tanlov
strukturasi
yaxshi
juda yaxshi
qoniqarli
yomon
|
| |