|
Marketing tadqiqotlari
|
bet | 39/117 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 424,75 Kb. | | #112507 |
Bog'liq Marketing tadqiqotlari-fayllar.orghayot davri mavjud bo„lib, uni bir necha bosqichlarga bo„lish mumkin:
1.
Talabning shakllanish davri - bu davrda bir nechta firmalar raqobat kurashida
tarmoqdagi birinchilikni egallashga harakat qiladilar.
2.
Talabning o„sish davri - ko„pchilik firmalar ichidan faqat ayrimlari qolib, ular
yuqori foyda ola boshlaydilar.
3.
Talabning susayish davri - talabning to„yinganlik alomatlari paydo bo„lib, taklif
talabdan ortib ketadi va raqobatda kuchsiz firmalar bozorni tashlab keta
boshlaydilar.
4.
Talabning barqarorlik davri - talab to„la qondirilib bo„lingan va ishlab
chiqarishda ortiqcha kuvvatlar paydo bo„ladi.
5.
Talabning so„nish davri - tashqi muhitning turli omillari talabning pasayishi,
ba`zida umuman yo„kolishiga sabab bo„ladi.
Bozorda talabning bunday jarayonlarni bosib o„tishi muqarrardir. Buning asosiy sababi yangi
tovarlar yaratilishining tabiiyligidadir.
Talabni tahlil qilayotganda tovarning hayotiy davri davomiyligini inobatga olish kerak.
Tovarning hayotiy davri xam talabniki kabi 5 bosqichdan iborat:
1. Kirish davri
2. O„sish davri
3. Etilish davri
4. To„yinish davri
5. Tushkunlik davri
Tovar bozorga kiritilgan davrda iste`molchilarda shu tovarga nisbatan qiziqish paydo bo„ladi
xamda talab taklifdan ortib ketadi. Bu holat xaridorlarda tovarga nisbatan qoniqish va tovarga
nisbatan yangi shartlar paydo bo„lguniga qadar davom etadi. Keyinchalik talabning pasayib borishi
va umuman yo„qolishi kuzatiladi.
Xaridorning extiyojlari doimiy ravishda o„zgarib yangilanib boradi, shuning uchun ham
ularning ehtiyojlarini to„la qondira olgan firmaga bozorda omad kulib boqadi. Buning uchun firma
tovarning yashash davri to„g‟risida to„liq ma`lumotga ega bo„lishi, davomiyligini hisoblay olishi va
zarur bo„lganda qisqa vaqt ichida firma strategiyasini bozor ehtiyojlariga moslashtira bilishi kerak.
Tovarning yashash davri muddatining hisob-kitoblarini quyidagi formula bilan aniqlash
mumkin:
T = T1 + T2 + T3 + T4 + T5 + EMT
Bu erda: T1, T2, T3, T4, T5 - kirish, o„sish, etilish, to„yinish, tushkunlik davri muddatlari;
EMT - oldingi bosqich natijalarini tadbiq etishning davrlararo tanaffus vaqti.
Bu hisoblashlar firmaga tovar yashash davri muddatlarini aniqlash bilan birga talab
yo„qolmay turib bozorga yangi yoki o„zgartirilgan tovar kiritish imkonini beradi.
|
| |