Taklif tahlil qilinayotganda bir qancha me`yoriy ko„rsatkichlardan foydalaniladi:
ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun kapital qo„yilmalar hajmi;
ishlab chiqarish va sotish indekslari, mahsulot chiqarish hajmlari, tovar zaxiralari,
iste`molchilarga yuborilgan tovar mikdori;
firmalar tomonidan korxonaga tushgan buyurtmalar;
aholining to„lovga qobil talabi;
NIOKR ga xarajatlar miqdori va tarkibi, mahsulotning yangilanish tezligi, bozordagi yangi
xamda istiqbolli tovarlar mikdori va ulushi;
narxlar darajasi ko„rsatkichlari dinamikasi, ulgurji, chakana, eksport, import narxlari
indekslari;
turli bozorlarda ayni tovar savdosi hajmi, tarkibi va dinamikasi;
ayni tovar eksporti va importining geografik taqsimoti;
davlatning bozor munosabatlarini boshqarishga qaratilgan tadbirlari: kredit va soliq
siyosati, foiz stavkalari me`yorlarini belgilash;
tadbirkorlik faoliyatiga moliyaviy va tashkiliy hamkorlik siyosati
Shunday qilib, talab va taklif tahlili jarayonida firma ularning rivojlanishiga ta`sir
ko„rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, moliyaviy va ilmiy-texnika omillarini hisobga olishi kerak.
XARIDORLAR TOMONIDAN TOVARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR TAHLILI. Bozorni o„rganishda tovarning iste`mol xususiyatlari bilan tanishish lozim. Iste`molchilar
ehtiyojini qanoatlantiruvchi tovarlar iste`mol qiymatining miqdori tovarning ijtimoiy ishlab
chiqarish jarayonidagi o„rnini, uning talab va taklifi xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.
Xaridorlar tovarga qo„yadigan asosiy talablari quyidagilardan iborat:
Tovarning raqobat qobiliyati, ya`ni mahsulotning sotilishi, iste`moli va xizmat
ko„rsatilishi bilan bog‟liq iste`molchilar ehtiyojini qanoatlantirishi, uni xarid qilish va
undan foydalanish darajalari bo„yicha o„xshash mahsulotlardan farq qiluvchi
xususiyatlarining yig‟indisi.
Tovarning sifati uning raqobat qobiliyatining asosiy belgilaridandir. Tovar sifati
tarkibiga quyidagilar kiradi: mahsulot sifatining texnik-iqtisodiy ko„rsatkichlari, ishlab
chiqaruvchi texnologiyasining sifati va mahsulotdan foydalanish tavsifi, ishonchlilik va
uzoq muddatlilik, moddiy sig‟imi darajasi.
Tovarning ekologik tozaligi, ya`ni tovarning atrof muhitni himoya qilish talablariga
mos kelishi.
Tovarning erganomikligi, ya`ni kishi organizmining xossalari va xususiyatlarini
hisobga olish bilan bog‟likligi hamda gigienik (yorug‟lik, zaharlilik, shovqin, tebranish
va boshqalar), antropometrik (buyum shakli va konstruktsiyasining kishi gavdasi
o„lchamlari va konfiguratsiyasiga mosligi), fiziologik va boshka talablarga rioya
qilishga qaratilganligi.
45
Tovarning estetik ko„rsatkichlari, ya`ni mahsulotning tashqi shakli va ko„rinishi,
iste`molchiga ta`sir qiluvchi xususiyatlari: dizayni, o„ramasi, rangining ta`sirchanligi.
Tovarning nufuzli firma tomonidan taklif etilishi va tovar belgisining obro„si.
Yuqorida ko„rsatilgan barcha talablar tovar narxiga ta`sir ko„rsatadi va uning raqobat
qobiliyati darajasini aniqlashga imkon beradi.