|
Bozor kon`yukturasi: tahlili va uning istiqbolini aniqlash
|
bet | 43/117 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 424,75 Kb. | | #112507 |
Bog'liq Marketing tadqiqotlari-fayllar.org4. Bozor kon`yukturasi: tahlili va uning istiqbolini aniqlash.
Bozorni o„rganishning oxirgi bosqichida bozorning rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi.
Buning uchun talab, taklif va xaridorlarning tovarga talablari tahlil qilinib, bozorda shu
tovarga talabning rivojlanish istiqbollariga baho beriladi.
Bozor sig‟imidagi o„zgarishlarning istiqbollarini aniqlashda shu tovar va umuman ishlab
chiqarishning rivojlanish yo„nalishlari, xom-ashyo bazasi bilan ta`minlanganligi, yangi ishlab
chiqarish quvvatlarini kiritish, o„rinbosar tovarlarning paydo bo„lishi, ayni tovarning importi va
eksporti hamda boshqa masalalar o„rganiladi.
Bozor istiqbolini tahlil qilishda bozor kon`yukturasini tahlil qilish muhim o„rin egallaydi.
Bozor kon`yukturasi - bu ma`lum davrda tovar va xizmatlar sotilishidagi
imkoniyatlarni ifodalovchi iqtisodiy shart-sharoitlar majmuidir. U aniq iqtisodiy
ko„rsatkichlar - talab va taklif muvozanati, baholar darajasi, bozor sig‟imi va boshqalar bilan
ifodalanadi.
Bozor kon‟yukturasi - bozor holatini aks ettiruvchi shart-sharoitlar yig‟indisi.
Bozor kon‟yukturasi - ayni vaqtda firmaning bozordagi mavqeini belgilovchi omillar
(iqtisodiy, ijtimoiy, tabiiy) ning o„zaro munosabatlari natijasi.
Bozor kon‟yukturasi - muayyan davrdagi bozor holati, bozorda muvozanatning mavjudligi
yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi.
Kon‟yukturani belgilovchi omillarni quyidagicha guruhlash mumkin:
Doimiy amal qiluvchi omillar (monopoliyalarning ta`siri, mamlakat iqtisodining
rivojlanish sharoitlarining o„zgarishlari, inflyatsiya va boshqalar). Bu omillarni
oldindan taxminiy bashorat qilish mumkin.
Doimiy bo„lmagan (ishlab chiqarishning mavsumiyligi, tabiiy ofatlar, raqobatchilar
ta`siri). Bu omillarga oldindan baho berish murakkab.
Marketingda umumxo„jalik kon‟yukturasi va alohida tarmoq yoki tovar bozorlari kon‟yukturasini
ajratadilar.
Umumxo„jalik kon‟yukturasi ma`lum bir vaqt oralig‟ida mamlakat miqyosidagi iqtisodiy
holatni, tovar bozorlari kon‟yukturasi esa har bir tovar bo„yicha ishlab chiqarish va savdodagi
joriy o„zgarishlarni o„rganadi.
|
| |