Bozorning segmentlarga ajratilish sabablari quyidagicha




Download 424,75 Kb.
bet47/117
Sana06.12.2023
Hajmi424,75 Kb.
#112507
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   117
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

Bozorning segmentlarga ajratilish sabablari quyidagicha: 
A) Mexnat taqsimoti chuqurlashib, g‟oyat xilma-xil tovarlar ishlab chiqarilishi va ularning
ma`lum bir guruh iste`molchilariga mo„ljallanishi;
B) Iste`molchilarning sotsial-iqtisodiy jihatdan tabaqalanishi, ular talabining farqlanishi.
Bayon etilgan omillar asosida foydali bozor segmentini topish uchun quyidagi shartlar 
qo„yiladi: 
1. O„lchamliligi - bozor segmenti tanlanayotganda unga oid ma`lumotlarni tahlil qilish
imkoni bo„lishi kerak.
2. Barqarorligi - bozor segmenti turli sub`ektiv va ob`ektiv omillar ta`siriga chidamli
bo„lishi, o„zgarmasligi zarur.
3. Daromadliligi - bozor segmenti etarli darajada hashamdor va barqaror bo„lishi kerakki,
sarflangan xarajatlar foyda olish bilan oqlansin.
4. Imkonliligi - bozor segmentida reklama va tovar harakatining mavjud usullarining
barchasidan foydalanish mumkin bo„lsin.
Agarda bozor segmenti korxona ishlab chiqaradigan tovarlarning 80 % ini xarid qiladigan
20 % xaridorlarni qamrasa, demakki bu foydali segment sanaladi. Bu Paretoning 80/20 qonuni
hisoblanib, statistik tadqiqotlar xulosalariga tayangan.
Korxona o„z ko„lami xamda ixtisoslashuviga qarab ko„pgina segmentlarda sotish
strategiyasini tanlashi yoki aksincha, o„z kuchini eng qulay va istiqbolli yagona bir yo„nalishga
sarflashi mumkin. Aksariyat hollarda yirik firmalar o„z faoliyatlarini bozorning biron bir katta
segmentida yoki bir nechta kichiqroq segmentlarda olib boradilar. O„z navbatida kichik firmalar
xatto kichik bir segmentga xizmat ko„rsatib, juda yuqori iktisodiy samaraga erishishi mumkin.
Demak, bozorni segmentlash talabni qondirishga tabaqalangan holda yondashishga, 
tovarlarning turi va ko„rinishlariga, sifati va mikdoriga har xil talab qo„yadigan 
iste`molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlarni qo„llashga asoslanadi, ya`ni bozor bir
jinsli hodisa tarzida emas, balki alohida segmentlar majmui tarzida qaraladi.
Bozor turli-tuman xaridorlar, tovarlar va ehtiyojlardan tashkil topgan, shuning uchun uni
segmentlash tovar va xizmatning turiga, korxona bozor faoliyatida hal qilmokchi bo„lgan masalaga
bog‟lik.
Ishlab chiqarish - texnik maksadidagi mahsulotlar bozorlaridagi segmentlar xaridor
faoliyati kulamiga, tarmok klassifikatsiyasi, jugrofiy axvoli, tashkilot faoliyati xarakteri, sotib
olishni tashkil qilish spetsifikatsiyasiga (yetkazib berish muddati, tezligi, xisob-kitob shartlari va
tulov usullariga) asoslanadi. Bozor segmentlari bevosita xaridorlar, vositachi xaridorlar va pirovard
foydalanuvchiga mos ravishda amalga oshiriladi. Masalan, gap samolyot ishlab chikarish ustida
borsa, vositachi xaridor aviatsiya yoki turist kompaniyasi pirovard foydalanuvchi esa turli jins va
yoshdagi passajirlardir.
Iste`mol bozori va texnik-ishlab chikarish maqsadidagi mahsulot bozorlarini segmentlash,
xaridorning sifat marka, baxo, reklama, tovar xarakati shartlari saqlash xakidagi fikrlari asosida
amalda oshirilishi mumkin. Bozorning tovar buyicha segmentlanishi rakobatchilar uchun sirli
bulgan tovar parametrlarini, bu soxadagi rakobatchilar faoliyati va zafarlarini sonini aniqlash



49
imkoniyatini kompaniya va firmalarga beradi. Bozor tovarlar bo‟uyicha segmentlanganda, shu


tovar foydalanuvchilarning guruxi, ular yunalishlari, foydalanish maksadlari, nisbatan ahamiyatli
parametrlarini aniqlash imkonini beradi.
Asosiy rakobatchilar buyicha bozorni segmentlash marketingning muxim elementidir. U
kabi segmentlash firmaga tijorat zafarini keltiradigan marketing strategiyasini ishlab chikish
imkonini beradi. Masalan, "Kontrol‟ deyta" firmasi Amerika EHM bozorining 70 foizini nazorat
kiluvchi EHM raqobatchisining tazyikiga karamay, juda dinamik rivojlanmokda. Uning yutuklarini
siri shundaki, u rakobatchilardan xisobga olmagan extiyojlarini kondirishga uz imkoniyatlarini
yo‟naltirgan.

Download 424,75 Kb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   117




Download 424,75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bozorning segmentlarga ajratilish sabablari quyidagicha

Download 424,75 Kb.