• Dezoksiribonuklein kislotasining struktura va vazifasi (DNK)
  •  Nuklein kislotalarning tuzilishi




    Download 436,67 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet13/27
    Sana01.02.2024
    Hajmi436,67 Kb.
    #150077
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
    Bog'liq
    A qodiriy nomidagi

    2.2. Nuklein kislotalarning tuzilishi 
    Nuklein kislota molekulalari nukleotidlarning polimerlanishi natijasida hosil 
    bo`lgan polinukleotidlar zanjiridan iborat. Nukleotidlar qoldig`i bir-biri bilan fosfat 
    kislota yordamida birikadi. Fosfat kislota har doim bir nukleotid tarkibidagi riboza 
    (dezoksiriboza)ning uchinchi C-atomi bilan, ikkinchi nukleotid tarkibidagi riboza 
    (dezoksiriboza)ning beshinchi C-atomi bilan murakkab efir bog`lari orqali 
    bog`lanadilar. Buni quyidagi chizmada ko`rish mumkin. 
    Yuqoridagi polinukleotidlarning o`zaro bog`lanish tizimiga asosan ular 
    qutblangan bo`lib, bir tomoni 5
    /
    -0-Fn guruhi bo`lsa, ikkinchi tomoni esa 3
    /
    -OH 
    guruhi bo`ladi. 
     Dezoksiribonuklein kislotasining struktura va vazifasi (DNK) 
    Oqsillarga o`xshash DNK ham birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi 
    strukturaga ega. 
    DNK ning birlamchi strukturasi 
    Dezoksiribonuklein kislota barcha tirik organizmlarda va ayrim viruslarda 
    mavjud. U genetik (irsiy) axborotlarni o`zida saqlab, uni avloddan-avlodga 
    uzatishda bevosita ishtirok etadi. DNK molekulasining birlamchi strukturasida 
    irsiy belgilar rejalashtirilgan, ular birin-ketin joylashgan dezoksiribonukleotidlar 
    qatoridan iborat. DNK tarkibida to`rt xil dezoksiribonukleotid bo`lib, oqsildagi 
    aminokislotalar sonidan kam bo`lsa ham ularning ketma-ket qator soni oqsildan 
    uzun bo`ladi. 
    DNK nukleotid qatorini ya'ni, birlamchi strukturasini aniqlash (sekvenirlash) 
    oxirgi yillarda juda yaxshi yo`lga qo`yilib, faqat alohida genlar emas, balki butun 
    xromosoma genlaridagi nukleotid qatori aniqlangan. Jumladan, odam genomi ham 


    29 
    sekvenirlanib, boshqa jonzotlar genomi qatorida kompyuterga joylashtirilib, bank 
    axboroti sifatida saqlanadi. 
    Bakteriofaglar DNK sining nukleotid qatori unikal, ya'ni bir marta uchrab, 
    boshqa qaytarilmaydi. Ayrim organizmlarda DNKdagi nukleotidlarning ketma-
    ketligi unikal bo`lsa ham, ayrim qismlarida qaytariladigan nukleotid qatori bir 
    necha marta uchraydi (t-RNK va i-RNKlarning kodlovchi qismlari) jumladan, 
    bateriyalarda. Eukariot genomlarda DNKning 60%ni strukturali, ya'ni oqsil 
    sintezini belgilovchi qismlar tashkil qiladi. Hayvon DNKsining 10-25%ini tashkil 
    qiluvchi bo`limlar qaytariladigan nukleotid qatoridan iborat bo`lib, ular ribosom, t-
    RNK, gistonlar, immunoglobulinlarning genlaridan iborat. Ular DNK 
    molekulasida bir gen ikkinchisi bilan ketma-ket joylashib, ularni qaytariluvchi 
    tandemlar deyiladi. Ya'ni bir gen ikkinchi gendan speyser (inglizcha spaser-oraliq) 
    orqali ajraladilar. Qaytariladigan nukleotid qatorlari, ularni satelit (kichik-sayyor) 
    qismlaridir, bular xromosomaning sentromer qismida joylashib, uning bo`linishida 
    va o`zaro bog`lanishida ishtirok etadi. 
    Tabiiy manbalardan ajratib olingan DNKlarning nukleotid tartibini o`rganish 
    natijasida AQSh olimi Chargaff va rus akademigi A.N.Belozerskiylar qator 
    miqdoriy qonuniyatlarni aniqladilar. Bu qonuniyatlar quyidagicha ifodalanadi: 
    1. DNK molekulasidagi purin asoslari, adenin va guanin molyar 
    konsentratsiyasini yig`indisi pirimidin asoslari-sitozin va timinning molyar 
    konsentratsiyasi yig`indisiga teng: 
    Pur=Pir yoki
    2. Adeninning molyar konsentratsiyasi timinnikiga, guaninniki esa sitozinga 
    teng:
    A=T, G=S ёки 
    1
    =
    T
    A

    1
    =
    S
    G
    3. DNK zanjiridagi 6-aminoguruhli asoslar miqdori 6-ketoguruhli asoslar 
    miqdoriga teng, ya'ni adenin va sitozin molyar konsentratsiyalarining yig`indisi 
    guanin va timin molyar konsentratsiyalari yig`indisiga teng: 


    30 
    А+S=G+Т ёки
    1
    =
    +
    +
    T
    G
    S
    A
    4. Guanin bilan sitozin molyar konsentratsiyalari yig`indisining adenin bilan 
    timinning (DNK molekulasida yoki uratsil RNK da) molyar konsentratsiyalari 
    yig`indisining nisbati turli manbalardagi nuklein kislotalarda turlicha bo`ladi. Bu 
    spetsifiklik koeffitsienti deb ataladi va 
    )
    (U
    Т
    А
    S
    G
    +
    +
    shaklida ifodalanadi. 
    gar, 
    Т
    А
    S
    G
    +
    +
    ning qiymati birdan kam bo`lsa, bunday DNK AT tipga, agar 
    uning qiymati birdan katta bo`lsa, GS tipga kiritiladi. 
    Yuksak o`simliklar va hayvonlar DNKsi AT tipga mansub, zamburug`lar, 
    suvo`tlar va bakteriyalarning DNKsi ko`pincha GS tipga mansub. Bu 
    ko`rsatkichlarni o`simlik, hayvon va mikroorganizmlarni taksonomik qatorini 
    aniqlashda foydalanish mumkin. 

    Download 436,67 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




    Download 436,67 Kb.
    Pdf ko'rish