Nukleozid va nukleotidlar




Download 436,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/27
Sana01.02.2024
Hajmi436,67 Kb.
#150077
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
A qodiriy nomidagi

Nukleozid va nukleotidlar 
Azot asoslarini pentozalar bilan birikmasini nukleozidlar deyiladi. Nuklein 
kislotalardan ajratilgan nukleozidlar N-glikozidlardir. Nukleozid tarkibida D-
riboza bo`lsa ribonukleozidlar, agar dezoksiriboza uchrasa, 
dezoksiribonukleozidlar deb ataladi. Nukleozidlar purindagi N
9
, pirimidindagi N
1
atomlariga pentozalar
β-konfiguratsiyali glikozid bog`lari orqali bog`lanadi. 
Ularning nomlanishi tarkibidagi getrosiklik azotli asoslardan kelib chiqadi (1-
jadval). Misol tariqasida, ikki xil nomdagi nukleozidni keltiramiz: 


25 
Nukleozidlarning to`liq va qisqartirilgan nomlari 
1-jadval 
Asoslar 
Ribonukleozid 
qisqargan 
belgisi 
Dezoksiribonukleozid 
qisqargan 
belgisi 
Adenin 
Adenozin 

Dezoksiadenozin 
dA 
Guanin 
Guanozin 

Dezoksiguanozin 
dG 
Sitozin 
Sitidin 

Dezoksisitidin 
dS 
Timin 
Timidin 

Dezoksitimidin 
dT 
Uratsil 
Uridin 



Nukleotidlar nukleozidlarning monofosforli efirlaridir. Ular nuklein 
kislotalarning monomeri hisoblanadi. Ularning tarkibida azotli asoslar (purin va 
pirimidin), uglevod komponentlari (riboza va dezoksiriboza) va fosfor kislotalari 
bo`ladi. 
Ribonukleotidlarda fosfor kislotasi ribozaning 2
/
, 3
/
va 5
/
atomlariga 
bog`lanishi mumkin. 
Dezoksiribonukleotidlarda fosfor kislotasining qoldig`i dezoksiribozaning 3
/
va 5
/
uglerod atomlari orqali bog`lanadilar. 
Nuklein kislotalarning qoldiqlari mononukleotidlar bo`lib, ular ikki xil 
bo`lishlari mumkin. RNK ning mononukleotidlari: adenozin-3
/
- va 5
/
-fosfatlar 
(adenil kislota), guanozin-3
/
- va 5
/
- fosfatlar (guanil kislota), sitidin-3
/
va 5
/

fosfatlar (sitidil kislota), uridin -3
/
- va 5
/
- fosfatlar (uridil kislota). 
DNKning mononukleotidlari: 2
/
-dezoksiadenozin -3
/
-va 5
/
- fosfatlar 
(dezoksiadenil kislota), 2
/
dezoksiguanozin-3
/
-5
/
- fosfatlar (dezoksiguanil kislota), 
2
/
dezoksitimidin -3
/
va 5
/
- fosfatlar (dezoksitimidil kislota), 2
/
dezoksisitidin-3
/
va 
5
/
fosfatlar (dezoksisitidil kislota). 


26 
Monofosfatlarda fosfat atomi uglerodning 5
/
atomiga bog`langan bo`lsa 
ularni AMF, GMF, dAMF lar deb ataladi. 
Nukleozidmonofosfatlardan tashqari, tirik organizmlarda nukleoziddifosfat
va nukleozidtrifosfatlar uchraydi: 
Nukleoziddifosfat va nukleotidtrifosfat tarkibidagi fosfat kislotalari bir-
birlari bilan yuqori potensial energiyaga ega bo`lgan angidrid bog`lari orqali 
bog`lanib, ularni makroerglar deb ataladi. Makroergli ribonukleotidtrifosfatlar 
RNK va DNKlarning biosintezida dastlabki substrat hisoblanadi. 
Hujayra metabolizmida ATF markaziy o`rin egallab oksidlanishi, substratli 
va fotosintetik fosforlanish reaksiyalarining mahsuli bo`lib, organizmda 
akkumulyatorlik vazifasini o`taydi. Har qanday biologik jarayonlarda energiya 
manbai sifatida ATF hizmat qiladi. ATF dan tashqari bo`lgan trifosfatlar ham 
muayyan biologik vazifalarni bajaradilar. Jumladan, GTF oqsilning 
translyatsiyasida, UTF uglevodlar sintezida va STF esa glitserofosfolipidlar 
biosintezida ishtirok etadilar. 
Nukleotidlarning molekulyar og`irligi 330 ga teng. Bakteriofagdagi nuklein 
kislotasining molekulyar massasi 1,9
.
10
6
Da. Demak, tarkibida 5760 nukleotid 
qoldig`i bor (900000:330). 
Hujayrada oddiy nukleotidlardan tashqari yana siklik -3
/
,5
/
-adenil va siklik 
3
/
,5
/
guanil kislotalar ham uchraydi: 


27 
Siklik nukleotidlar biologik faol moddalar bo`lib, hujayraga tashqaridan 
keladigan habarlar (gormon, neyromediator va boshqa) uchun vositachilik rolini 
bajaradilar. Ular siklaza fermentlari yordamida sintezlanib, faolliklari esa har xil 
effektorlar, jumladan, gormonlar orqali boshqariladi. 



28 

Download 436,67 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Download 436,67 Kb.
Pdf ko'rish