139
Kasr ratsional ifodalarni ayniy almashtirish jarayonida ana shu ifoda
qatnashayotgan noma’lum sonlarning qabul qiladigan qiymatlarini aniqlash lozim.
Ta’rif.
Kasr ratsional ifodadagi o’zgaruvchilarning ma’noga ega bo’ladigan
qiymatlari o’zgaruvchilarning qabul qiladigan qiymatlari deyiladi.
Masalan,
kasr ratsional ifodadagi x va u larning
qabul qiladigan qiymatlari x=0, va u=0 dan boshqa
barcha son qiymatlardan
iboratdir. Agar x va u o’zgaruvchilardan biri nol qiymatini qabul qilsa,
kasrning
maxraji nol bo’lib, o’zining ma’nosini yo’qotadi, chunki har qanday sonni nolga
bo’lish mumkin emas.
Kasr ratsional ifodalarni ayniy almashtirishdagi
asosiy vazifa berilgan
ifodaning surat va maxrajlarida turgan ko’phadlarni ayniy almashtirishlar bilan
bir hadlar ko’rinishiga keltirishdan iboratdir.
Kasr ratsional ifodalarni ayniy almashtirishdan oldin o’qituvchi
kasr va ular
ustida bajariladigan to’rt amalga doir sonli misollardan namunalar ko’rsatib,
so’ngra esa harfiy ifodalar qatnashgan kasrlar ustida bajariladigan ayniy
almashtirishlarni ko’rsatishi maqsadga muvofiqdir.
M.
Yuqorida o’xshash misollarni ko’rsatgandan so’ng o’qituvchi
yana bir ayniy
almashtirishning mazmunini quyidagicha tushuntirishi lozim. Har qanday ayniy
almashtirishning maqsadi misol yoki masalani yyechish uchun berilgan matematik
ifodani eng sodda yoki qulay holatga keltirib hisoblashdan iboratdir.
1.