107
1945-yili Germaniya hududi o‘ta achinarli qiyofada edi. Ittifoqchilar aviatsiyasi Ham-
burg, Drezden, Berlin, Myunxen, Nyurnberg va Rur koʻmirmetallurgiya havzasi shahar-
larini vayron qilib tashlagandi. Bombalar portlashlaridan hosil boʻlgan xandaqlar, Gitler
davrida qurilgan ulkan avtomagistrallar mamlakatning sharqiy qismini egallagan Qizil
armiya soldatlaridan najot izlayotgan millionlab och qochoqlar, Polsha, Chexoslovakiya,
Yugoslaviya va Vengriyadan quvilgan nemislar bilan toʻlib ketgandi. Gazetalar sahifala-
rida bosilgan rasmlar ahvolni oʻzoʻzidan izohlab turardi: “Vayronalar oralab yegulik izlab
timirskilanib yurgan, faqat qoq suyaklari qolgan bolalar, bir parcha koʻmir uchun koʻchada
mushtlashayotgan odamlar, ochiq havoda uxlayotgan nemis asirlari...” Kechagina dun-
yoga hukmronlikni daʼvo qilayotgan millatning bugungi ahvoli juda xarob edi. Germaniya
urushda 6,5 mln aholisidan, urushdan
oldingi oʻz hududining bir qismidan ay-
rildi. Aholining yashash darajasi keskin
tushib ketdi. Gʻolib davlatlar Germaniya
hududini toʻrtta okkupatsiya zonalariga
boʻlib, mamlakatda hokimiyatni oʻz
qoʻllariga oldilar. Berlin ham toʻrtta
sektorga boʻlindi.
Ittifoqchilar deyarli
barcha nemis idora va tashkilotlarini
tarqatib yubordi.
GERMANIYA
Sizningcha, Germaniya nima sabab
dan bunday ayanchli ahvolga tushib
qoldi?
O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY
XULOSA CHIQARING
F
ashizm va u boshlagan Ikkinchi jahon
urushi boshqa xalqlar qatori nemis
xalqiga ham juda katta musibat keltirdi.
Germaniya mustaqil davlat sifatida mavjud
boʻlmay qoldi. Germaniya natsionalsotsia
lizmining harbiy-siyosiy jihatdan barbod
boʻlishi mamlakatni demokratik qayta qurish
istiqbollarini ochib berdi. Ammo buning
u chun oʻta noqulay sharoit vujudga kelgan edi.
“Kapitalizm” tushun chasiga taʼrif bering.
ESGA OLING
Germaniyaning okkupatsiya
zonalariga boʻlinishi
108
Germaniyani
tinchliksevar, demokratik
davlatga aylantirish uchun sharoit yaratildi.
Natsistlar tomonidan taqiqlangan partiyalar
va jamoat tashkilotlari tiklandi. Birinchi
boʻlib yashirin
holatdan kommunistlar va
sotsial-demokratlar chiqdi. Ular birlashib,