• Alchide de Gasperi
  • Shartli belgilar: taqrizchilar




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet85/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    Lyudvig Erhard “nemis iqtisodiy moʻjizasining tan olingan otasi” edi. 
    Dolzarb muammolarni hal qilish maqsadida L. Erhard oʻz dasturini eʼlon qildi. Unda 
    ozod, ochiq, dinamik, demokratik jamiyat qurish gʻoyasi ilgari surilgandi. Ammo bunday 
    jamiyatni qurish uchun Germaniyada qulay sharoit mavjud emasdi, mamlakat iqtisodiy 
    tushkunlik davriga kirib kelayotgan edi. L. Erhard mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy 
    holatni barqarorlashtirishning uddasidan chiqolmadi, chet davlatlar aholisini GFRning 
    tinchliksevarligiga ham ishontira olmadi. Shu kabi siyosiy va ijtimoiy muammolarga 
    qaramasdan, butun 1960–1970­yillar iqtisodning jadal surʼatlarda oʻsish davri boʻlib, u 
    “nemis iqtisodiy moʻjizasi” nomini oldi. 


    110
    F
    ashistik rejim va Ikkinchi jahon urushi italyan xalqiga juda katta musibatlar kel-
    tirdi. 330 mingga yaqin kishi halok boʻldi, bedarak yoʻqoldi, yuz minglab kishilar 
    yarador boʻldi, millionlab kishilar boshpanasiz qoldi. Italiya oʻzining barcha mustam-
    lakalaridan ayrildi, mamlakatga ingliz­amerika qoʻshinlari kiritildi. Urush tugashi bilan 
    milliy birlik hukumati muhim islohotlarni amalga oshirdi: pomeshchiklarning foydala-
    nilmayotgan yerlari dehqonlarga berildi; ish haqining narx­navoga qarab oʻsib borishi 
    belgilab qoʻyildi; kasaba uyush masi roziligisiz ishchilarni ishdan boʻshatish taqiqlandi; 
    korxonalarda ishchi ke ngashlari tuzildi.
    1947
    -yilda AQSH aralashuvi bilan Italiyada 
    kommunistlar hukumatdan chiqarildi. 
    Alchide de Gasperi hukumati Gʻarbning yetakchi davlat-
    lari bilan ittifoqchi boʻlishga intildi. Italiya “Marshall rejasi”-
    ga qoʻshildi, 1949­yili NATOga aʼzo boʻldi, uning hududiga 
    AQSHning harbiy bazalari joylashtirildi. Italiya hukumati 
    Yevropa integratsiyasi gʻoyasini faol hayotga tatbiq etib 
    bordi. 

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish