113
I
kkinchi jahon urushidan keyin Gʻarbiy
Yevropa
mamlakatlarida iqtisodiyotning yuqori samara-
dorligini taʼminlash, ijtimoiy
muammolarni hal etish
imkoniyatini oshirishning eng muhim omili sifatida
integratsion jarayonlarni rivojlantirishga eʼtibor qa-
ratildi. Urushdan keyin Yevropa mamlakatlari tashqi
savdo aylanmasining oʻsish surʼatlari iqtisodiy oʻsish
surʼatlaridan ikki barobar yuqori boʻldi. Koʻplab Gʻar-
biy Yevropa mamlakatlarida isteʼmolning 50 foizdan
ortigʻini boshqa hududlarda ishlab chiqarilgan mah-
sulotlar tashkil qilardi.
Gʻ
arbiy Yevropada integratsiya jarayoni bir necha bosqichlardan oʻtdi. 1947yili
dunyoning rivojlangan davlatlari oʻrtasida