105
1958-yilda prezident bo‘lib saylangan, Fransiyaning
buyukligini tiklashga intilgan De Goll kuchli iqtisodiyot
va mustaqil tashqi siyosatga ega boʻlgan davlatni
shakllantirishga kirish di.
“Fransiya De Goll hukumati yillarida” mavzusida
esse yozing.
IJODIY
ISH TOPSHIRIG‘I
1. Ikkinchi jahon urushi Buyuk Britaniya uchun qanday yakunlandi?
2. Buyuk Britaniyada M. Tetcher hamda J. Meyjor bosh vazir bo‘lgan
yillari iqtisodiyotda qanday tub oʻzgarishlar yuz berdi?
3. Toʻrtinchi va Beshinchi respublika davrida Fransiya ichki va tashqi
siyosatidagi eng muhim voqealar nimalardan iborat?
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Natsionalizatsiya –
ayrim shaxs yoki birlashmalarning xususiy mulki boʻlgan
yer, ishlab chiqarish korxonalari, transport, banklarni davlat yoki jamiyat mulkiga
aylantirish, davlat ixtiyoriga olish.
ATAMALAR MAZMUNI
Matndan foydalanib Buyuk Britaniyada Margaret Tetcher, Jon Meyjor,
Fransiyada De Goll, Jorj Pompidu, Fransua Mitteranlar davridagi ichki va tashqi
siyosatdagi muhim voqealarni jadval (yil, amalga oshirilgan ishlar) koʻrinishida
daftaringizga yozing.
MUSTAQIL ISH