• Margaret Tetcher
  • “tet cherizm”
  • O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY 
    XULOSA CHIQARING


    102
    1979
    ­yili boʻlib oʻtgan saylovlarda 
    konservatorlar ishonchli gʻalabani 
    qoʻlga kiritdi. Hukumatni Buyuk Britaniya tarixida 
    birinchi marta ayol kishi – 
    Margaret Tetcher 
    bosh qardi.
    Konservatorlar ijtimoiy-iqtisodiy kursining 
    asoslari 1970­yillarning oʻrtalarida qabul qilin-
    gan “Toʻgʻri yondashuv” nomli dasturiy hujjatda 
    oʻz aksini topgan edi. M. Tetcher hokimiyatga 
    kelishi bilan bu dastur amalga oshirila boshlandi. 
    Neokonservatizmning britaniyacha varianti boʻl-
    gan 
    “tet cherizm” ijtimoiy-iqtisodiy strategiyasi 
    oʻzi ning asosiy maqsadi qilib ishsizlikka emas
    inflyatsiyaga qarshi kurashni tanladi.
    Bu davrda ingliz jamiyatining yana bir muammosi – imperiyachilik ongi qoldiqla-
    rining chuqur ildiz otganligi va yashovchanligi namoyon boʻldi. Bu 1982­yili Janubiy 
    Atlantikadagi uzoq Folklend (Malvin) orollarida yuz bergan voqealar munosabati 
    bilan ayniqsa yaqqol koʻzga tashlandi.
    1982­yili Argentina bahsli Folklend orollari ustidan oʻz suverenitetini oʻrnatishga 
    urinib koʻrdi. Britaniya hukumati Folklend orollariga harbiy eskadra joʻnatishga qaror 
    qildi. BMTning muammoni tinch yoʻl bilan hal qilishga urinishiga qaramasdan, kon-
    servatorlar hukumati qatʼiy pozitsiyani egalladi. 1982­yil ingliz qoʻshinlari Folklend 
    orollariga hujum qilishni boshladi. Iyunda oroldagi Argentina qoʻshinlari taslim boʻldi.
    1980-yillar oxiri – 1990-yillar boshlarida Buyuk Britaniyaning ijtimoiy va iqtisodiy 
    hayotida tashvishli belgilar paydo boʻldi, inflyatsiya darajasi ortib bordi. Soʻnggi oʻn 
    yilda birinchi marta M. Tetcher hukumatining obroʻyi ham pasayib ketdi. 1990­yilgi 
    saylovlarda 
    Jon Meyjor bosh vazir etib saylandi va shu bilan “tetcherizm” davri 
    tugadi.

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish