• Fransua Mitteran
  • Beshinchi respublika
  • FRANSIYA Toʻrtinchi respublika




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    FRANSIYA
    Toʻrtinchi respublika
    Beshinchi respublika
    Fransiya prezidenti Sharl de Goll


    104
    1969
    ­yil oxirida boʻlib oʻtgan saylov-
    larda 
    Jorj Pompidu respublika 
    prezidenti etib saylandi. Islohotlar boshlanib, 
    ijtimoiy-iqtisodiy hayotning davlat tomonidan 
    tartibga solinishi yum shadi, ijtimoiy qonunchilik 
    takomillashdi. AQSH bilan munosabatlar yaxshi-
    landi.
    1981-yilgi saylovlarda birinchi marta sotsialist 
    Fransua Mitteran Fransiya prezidenti etib say-
    landi. Shu yili boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida 
    ham Sotsialistik partiya juda katta yutuqqa erishdi. 
    Soʻl kuchlarning hamkorlikdagi dasturida koʻp-
    chilik fransuzlar manfaatiga mos boʻlgan muhim 
    ijtimoiy­iqtisodiy islohotlar koʻzda tutildi. Banklar 
    va sanoatning koʻplab sohalari natsionalizatsiya 
    qilindi. Ammo inflyatsiyani toʻxtatishning iloji boʻl-
    madi. Jamiyatda norozilik kuchaydi.
    1986­yilgi parlament saylovlarida oʻng kuchlar 
    gʻolib chiqdi. Ularning vakili 
    Jak Shirak bosh va-
    zir lavozimini egalladi. F. Mitteran prezident boʻlib 
    qoldi. Ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bilan hukumat 
    shugʻullandi.
    1988-yilgi prezidentlik saylovlarida yana F. Mit-
    teran gʻalaba qozondi. Shu yili navbatdan tashqari 
    oʻtkazilgan parlament saylovlarida sotsialistlar 
    gʻolib chiqib, yana besh yil hokimiyatni boshqardi.
    Koʻplab yutuqlarga qaramasdan, 1960­yillar oxirida 
    Beshinchi respublikada inqiroz boshlandi. Davlatning 
    qatʼiy tartibga solish siyosati fransuz jamiyatining koʻplab 
    qatlamlarining noroziligiga sabab bo‘ldi. 1968-yil mayda 
    Parij talabalarining namoyishi boshlandi. Namoyishning 
    shafqatsiz bostirilishi mehnatkashlarning ishtashlashlariga 
    ulanib ketdi.
    Ozodlik uchun kurashning katta tajribasiga ega boʻlgan 
    fransuzlar – oʻz erkini hamma narsadan ustun qoʻyadigan 
    millat hatto De Golldek milliy qahramonning ham nufuzi ol-
    dida boʻysunishni istamadi, uning avtoritar rejimini boshqa 
    qabul qila olmadi. De Goll isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi.

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish