98
1976-yili Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻz mustaqilligining 200 yilligini katta tanta-
nalar bilan nishonladi. Shu yili oʻtkazilgan prezidentlik saylovlarida demokratik partiya
vakili –
Jimmi Karter gʻalaba qozondi.
J. Karter toʻrt yillik prezidentlik davrida oʻzining saylovoldi vaʼdalaridan koʻpchiligini
bajarishga erisha olmadi. Uning prezidentlik davrini, ayniqsa, olib borgan tashqi siyo-
satini muvaffaqiyatli deb boʻlmaydi. Qoʻshma Shtatlar siyosati va obroʻyiga berilgan
juda katta zarbalardan biri
1979-yilgi Eron inqilobi boʻldi.
Umuman, 1980-yillarga AQSH ancha sust ichki va tashqi pozitsiya
bilan kirib
keldi. Mamlakatning moliyaviy ahvoli yomonlashdi. Iqtisodda uzoq muddatli salbiy
tendensiyalar paydo boʻldi. 1980yilgi prezidentlik saylovlarida respublikachilar parti-
yasidan nomzod –
Ronald Reygan gʻalaba qozondi. Demokratlar senatda va vakillar
palatasida ham koʻplab oʻrinlaridan ajraldi.
R. Reyganning ijtimoiy-iqtisodiy dasturi
“Reyganomika” nomi bilan mashhur boʻl-
di. R. Reygan iqtisodiy tushkunlikni yengib oʻtishga, ishsizlikni qisqartirishga, daro-
mad soligʻini pasaytirishga, iqtisodiy oʻsish surʼatlarini jadallashtirishga, ish tashlash
R. Niksondan R. Reygangacha:
rivojlanish sur
ʼ
atlari
1960-yilgi prezidentlik
saylovlarida ...
1968-yili boʻlib oʻtgan
saylovlarda ...
1974-yil avgustda ...
1979-yilgi ...
“Reyganomika” – ...
BILIB OLING
Sh
unday murakkab sharoitda 1968yili boʻlib
oʻtgan saylovlarda
respublika chilar partiyasi
vakili –
Richard Nikson AQSH prezidenti etib saylandi.
R. Niksonning hokimiyatga kelishi bilan Amerika tarixida
respublikachilarning navbatdagi davri boshlandi.
R. Niksonga ancha ogʻir meros qoldi.
Iqtisodiy
inqirozni bartaraf etish maqsadida 1971-yili R. Nikson