96
I
kkinchi jahon urushidan keyingi davrda AQSH taraqqiyoti uchun juda qulay sharoit
vujudga keldi. Urush AQSH iqtisodining tez surʼatlar bilan rivojlanishini taʼminladi.
Urush yillari AQSHning ishlab chiqarish quvvatlari ikki barobar, eksport hajmi besh
barobar, yalpi milliy mahsuloti hajmi ikki barobar oʻsdi. Shu tariqa AQSH iqtisodiy va
harbiy jihatdan dunyoning eng qurdatli davlatiga, yangi lideriga aylandi.
1952
yilgi saylovlarda respublikachilar partiyasi gʻalaba
qozondi. Ikkinchi jahon urushi qahramoni, urush
yillari AQSHning Yevropadagi qoʻshinlari qoʻmondoni bo‘lgan general
Duayt Eyzenhauer AQSH prezidenti etib saylandi.
Siyosatda realist boʻlgan D. Eyzenhauer iqtisodiyot va ijtimoiy so-
hada davlatning rolini oshirish lozimligini juda tez anglab yetdi. Shu
sababli uning maʼmuriyati ichki siyosatda, ayniqsa, ijtimoiy sohada
oʻzidan oldingi demokratlarning siyosatini biroz oʻzgarishlar
bilan
davom ettirdi.
1960-yilgi prezidentlik saylovlarida demokratik partiya nomzodi
Jon Kennedining gʻalabasi urushdan
keyingi Amerika tarixida
muhim voqea boʻldi. J. Kennedi oʻzining “Yangi marralar” deb nom
olgan islohotchilik dasturini ilgari surdi, iqtisodni barqarorlashtirish va
ijtimoiy yordam dasturini kengaytirish boʻyicha juda koʻplab tadbirlar
ishlab chiqdi va amalga oshirdi.
J. Kennedi