|
1. Sharqiy Yevropa davlatlari – Polsha, Chexoslovakiya, Vengriya jahon Pdf ko'rish
|
bet | 72/150 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 13,23 Mb. | | #100154 |
Bog'liq Jahon tarixi 10 uzb 202294
1. Sharqiy Yevropa davlatlari – Polsha, Chexoslovakiya, Vengriya jahon
siyosiy xaritasida qaysi voqeadan keyin paydo boʻldi?
2. Nima sababdan sovuq urush jarayonida harbiy-texnik omillar eng
katta rol oʻynay boshladi?
3. Integratsiyalashuv jarayonida qanday iqtisodiy va harbiy bloklar tuzildi?
4. Totalitar rejim mafkurasining muhim tarkibiy qismlarini sanang.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Xaritadan foydalanib Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) va
Var shava Shartnomasi Tashkiloti tarkibidagi hududlarni koʻzdan kechiring.
Daftaringizga har bir davlatning tashkilotga nima munosabat bilan qabul
qilinganini yozing va sharhlang.
IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I
Kommunist bu – kommunizm tamoyillarini qoʻllab-quvvatlaydigan yoki unga
ishonadigan odam.
Liberal – 1) hur fikrli, erkin shaxs; murosasoz, kelishuvchi; 2) liberalizm tarafdori.
ATAMALAR MAZMUNI
1956
yil fevralda boʻlib oʻtgan
Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi
(KPSS) ning XX syezdida Nikita Xrush chyov nutq soʻzlab, Stalin
davrida shakllangan shaxsga sigʻinishni qoraladi. XX syezd sovet totalitar davlatining
xarakterini anglash jarayonini, xalqaro kommunistik harakatning inqirozini boshlab
berdi va sotsialistik tizim oxirigacha bu inqirozdan chiqa olmadi.
Qayta qurish yillari kirib kelgan oshkoralik sovet jamiyatining poklanishi yoʻlida
katta qadam boʻldi, u stalinizmning, sovet totalitar tuzumining jinoyatlarini ochib tash-
ladi. Endi koʻpchilik, ayniqsa, ilgʻor ziyolilar bu tuzumni isloh qilish emas, undan voz
kechish lozimligini anglab yetdilar.
SSSRdagi kommunistik mafkura inqirozi butun dunyoda kommunistik harakat,
umuman, soʻl mafkuraning inqiroziga olib keldi.
Kommunistik jamiyat g‘oyasi,
|
| |