|
Jamoa ishida huquqshunos-liderning roli
|
bet | 1/3 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 32,38 Kb. | | #125440 |
Bog'liq Jamoa ishida huquqshunos liderning o\'rni
TOSHKENT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH
MAVZU: “JAMOA ISHIDA
HUQUQSHUNOS-LIDERNING ROLI”
Guruh: SYU 15-guruh talabasi
Bajardi: Turaqulova.Sh
Tekshirdi: Nazarova.D
TOSHKENT-2023
MAVZU: JAMOA ISHIDA HUQUQSHUNOS-LIDERNING ROLI
Reja:
1.Haqiqiy lider qanday bo’lishi kerak?
2. Jamoa ishi muvaffaqiyatining muhim omillari.
Komanda (jamoa)da jamoa a’zolarining rollarini aniqlash uchun Belbin testi mavjuddir. Komanda (jamoa)da jamoa a’zolarining rollarini aniqlash uchun Belbin testi mavjuddir. Jamoalar boshqaruvi bo’yicha izlanishlar olib borgan britaniyalik sotsiolog Raymond Meredith Belbin o’tkazgan tadqiqot natijalariga ko’ra, shaxslarning fazilatlari va sifatiga qarab bajaradigan quyidagi 8 turdagi rollari aniqlangan: Shakllantiruvchi:
shaxs sifatida jamoa a’zosi jamoaning diqqati chalg’imasligi va harakatda davom etishini ta’minlash yo’lidagi barcha choralarni ko’radi.
Muvofiqlashtiruvchi (Koordinator): Muvofiqlashtiruvchi sifatida jamoa a’zosi jamoa maqsadlariga hammaning diqqatini jalb etishi va vazifalarni tegishli tarzda taqsimlanishiga e’tibor qaratadi. Yaratuvchi:
Yaratuvchi sifatida jamoa a’zosi yuqori darajadagi ijodkorlik, topqirlik xususiyatlariga, muammolarni noan’anaviy yo’llar bilan hal etish ko’nikmalariga ega bo’ladi.
Resurslar tadqiqotchisi:
Resurslar tadqiqotchisi sifatida jamoa a’zosi, qiziquvchanlik xarakteridan kelib chiqib, jamoaga yangi g’oyalar beradi, a’zolardagi mavjud imkoniyatlarni ishda qo’llash uchun “uyg’otadi”.
|
| |