119
J
anubiy Yevropaning uchta mamlaka-
ti – Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya
yuz yillar davomida jahon tarixi va xalqaro
munosabatlarda katta rol oʻynadi. Ammo
XX asrning boshiga kelib bu davlatlar
oʻzlarining avvalgi iqtisodiy va siyosiy
qudratini yoʻqotdi, “Yevropaning chekka
hududlari”ga aylanib qoldi.
I
kkinchi jahon urushidan soʻng mavjud sharoitga moslashib
olgan
Franko rejimi Ispaniyada yana oʻttiz yil hokimiyatda
turdi. Ispanlarning bir qismi Frankoni atoqli sarkarda, dono
davlat arbobi va tashkilotchi sifatida qabul qilardi. Ular na-
zarida Franko ehtiyotkor va sovuqqon, qatʼiyatli va bir soʻzli,
taqvodor va kamsuqum kishi boʻlib qolaverdi. Boshqa dik-
tatorlardan farqli ravishda u olomonning olqishlariga befarq
edi. Urushdan keyin dunyoda diktatorlik rejimlari birin-ketin
qulagandan soʻng Ispaniyada ham boshqaruv shaklini aniq-
lash va konstitutsion akt qabul qilish sari qadamlar tashlandi.
Ispaniyaning xalqaro ahvoli juda murakkab boʻlib, mamlakat
yakkalab qoʻyilgandi.
Potsdam konferensiyasi Franko huku-
matini fashistik davlatlar yordamida hokimiyatga kelganligi
uchun qoralardi. Shu sababli Ispaniya BMTga qabul qilin-
madi. 1946-yili BMT Bosh Assambleyasi Ispaniyani xalqaro
tashkilotlarga qabul qilmaslik toʻgʻrisida maxsus qaror qabul
qildi va tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlarga Ispaniya bilan dip-
lomatik munosabatlarni uzish tavsiya etildi. Gʻarb “Marshall
rejasi” boʻyicha Ispaniyaga yordam koʻrsatishdan bosh tortdi.
Bularning barchasi Ispaniyaning xalqaro holatinigina emas,
iqtisodiy ahvolini ham qiyinlashtirdi.