117
Natijada integratsiya jarayonlari Yevropa mamlakat-
lari oʻrtasidagi munosabatlarning
siyosiy jabhasiga ham
tarqaldi. Dastlab faqat YIH mamlakatlari parlamentlari
aʼzolarining munozara maydoni boʻlgan
Yevropa parla-
mentining obro‘yi ortdi. Yagona Yevropa aktiga binoan
YIH
Yevropa Ittifoqi (YI) sifatida qayta tashkil qilindi. U
endi “ichki chegaralarsiz makon” boʻlishi lozim edi. Xullas,
Yevropa uning bagʻrida boshlagan va faqat Yevropa xalq-
lariga emas, yer yuzidagi barcha xalqlarga juda katta kulfat
keltirgan Ikkinchi jahon urushidan muhim xulosa chiqardi:
u taraqqiyotning tinch, ilmiy-texnik inqilobga va hamkor-
likka asoslangan demokratik yoʻlini tanladi. Bu zamonaviy
Yevropa Ittifoqining tuzilishiga olib keldi. 1980-yillar oxirida
yuz bergan olamshumul voqealar – Yevropada sotsialistik
tizimning
inqirozi, SSSR va sotsialistik hamdoʻstlikning
tarqalib ketishi Yevropada integratsiya jarayonlarining
imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Kechagi sotsialistik
mamlakatlar ham endi YIga intila boshladi. YI dunyoning
boshqa hududlarida yuz berayotgan
shunday integratsion
jarayonlar uchun oʻziga xos tajriba boʻlib xizmat qilmoqda.
1. Ikkinchi jahon urushidan keyin Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida iq
tisodiyotning yuqori samaradorligini taʼminlash maqsadida qanday
ishlar amalga oshirildi?
2. Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH)ni tuzish haqida Rim shartnomasi
va Atom energiyasi boʻyicha Yevropa hamjamiyati (YEVROATOM)ni