• Nikita Xrushchyov
  • 1956-yil fevralda
  • ESGA OLING Totalitarizm fashizmdan qaysi  jihatlari bilan farq qiladi? O‘YLAB KO‘RING VA




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/150
    Sana17.11.2023
    Hajmi13,23 Mb.
    #100154
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   150
    Bog'liq
    Jahon tarixi 10 uzb 2022

    ESGA OLING
    Totalitarizm fashizmdan qaysi 
    jihatlari bilan farq qiladi?
    O‘YLAB KO‘RING VA 
    MANTIQIY XULOSA CHIQARING
    Urushdan keyin sovet davlatida 
    og‘ir sanoatning yuksalishi
    URUSHDAN KEYIN TOTALITAR TUZUMNING KUCHAYISHI


    126
    1953
    -yil 5-mart kuni I. Stalin vafot etdi. Ho-
    kimiyatni boshqa shaxsga oʻtkazishning 
    legitim yoʻli boʻlmaganligi sababli uni egallash uchun 
    kurash avj oldi. Hokimiyatga rasman diktatorning eng 
    yaqinlaridan iborat kollektiv rahbariyat keldi. Ammo ular 
    oʻrtasida hokimiyat, ayni paytda jamiyatdagi oʻzgarishlar 
    yoʻnalishini tanlash uchun kurash avj oldi. Bu kurashda 
    Nikita Xrushchyov gʻolib chiqdi.
    Shu yili yangi iqtisodiy dastur eʼlon qilinib, u sovet dav-
    lati tarixida birinchi marta yengil sanoatning xalq isteʼmoli 
    mollari ishlab chiqarishdagi ustuvorligini belgiladi. Ijtimoiy 
    sohalarga yoʻnaltirilgan iqtisod xalq isteʼmol buyumlari 
    ishlab chiqarishning koʻpayishida, uy­joylar qurilishida, 
    maoshlarning oshishida juda tez namoyon boʻldi. Yangi 
    iqtisodiy dasturning boshqa bir bandi oziq­ovqat muammosini hal qilish, qishloq xoʻja-
    ligini uzoq davom etgan inqiroz holatidan olib chiqishga qaratildi. Mamlakatda siyosiy 
    islohotlar ham boshlandi. 
    1956-yil fevralda KPSS XX syezdida N. Xrushchyov “Shaxs-
    ga sigʻinish va uning oqibatlari toʻgʻrisida” degan mavzuda nutq soʻzladi. Bu nutq sovet 
    totalitar tuzumining xarakterini, Stalin va uning sheriklari amalga oshirgan jinoyatlar 
    koʻlamini anglash jarayonini boshlab berdi. Jamiyatda, oʻta ochiq boʻlmasa­da, bu mu-
    ammolar keng miqyosda muhokama qilina boshlandi. Ayni paytda XX syezd xalqaro 
    kommunistik harakatning inqirozini boshlab berdi va sotsialistik tizim oxirigacha bu inqi-
    rozdan chiqa olmadi. Diktatorning oʻlimidan soʻng davlat boshqaruvi tizimini desentra­
    lizatsiyalash, ommaning faolligini ragʻbatlantirish, baʼzi boshqaruv funksiyalariga ularni 
    jalb qilish sari yoʻl tutildi. Ittifoqdosh respublikalarning vakolatlari ham biroz kengaydi. 
    Ilgari Ittifoq vazirliklari ixtiyorida boʻlgan koʻplab korxonalar respublikalar vazirliklari 
    ixtiyoriga oʻtkazildi. Bu tadbirlar kishilarda qandaydir tarixiy, olamshumul voqealarga 
    daxldorlik hissini paydo qildi. Bular ommaning gʻayrat­shijoati va tashabbuskorligini avj 
    oldirdi. 

    Download 13,23 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   150




    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ESGA OLING Totalitarizm fashizmdan qaysi  jihatlari bilan farq qiladi? O‘YLAB KO‘RING VA

    Download 13,23 Mb.
    Pdf ko'rish