127
SSSRda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati ham juda past boʻlib, korxonalar-
da ularning turlarini yangilash uchun mablagʻ yetishmasdi. Kamyob tovarlar roʻyxati yildan
yilga oshib, chayqovchilik ham avjiga chiqib bordi. Shunday mahsulotlarni “xufiya ishlab
chiqarish” va “qora bozor”da sotish rivojlanib ketdi. Sovet iqtisodining
neft zaxirasiga
“oʻtirib qolishi” aholi katta qismining ichkilikbozlikka berilishi bilan qoʻshilib ketdi. Shunday
sharoitda uyjoy qurilishi, taʼlim, sogʻliqni saqlash sohalariga ajratiladigan mablagʻlar yil
sayin kamayib bordi. Jamiyatda befarqlik, ilojsizlik kayfiyati qaror topdi. Ziyolilarning bir
qismidan tashqari mutlaq koʻpchilik aholi loqayd tomoshabinga aylanib, ahvolning yaxshi
tomonga oʻzgarishidan umidlarini uzib boʻlgandi.
1982-yili L. Brejnev vafot etdi. Sovet jamiyatining inqirozi chuqurlashgan sharoitda
saylangan yangi Bosh kotib
Yuriy Andropov bu illatlarga qarshi jadal kurash boshladi.
Ammo Y. Andropov ham shu tizimning, mavjud muhitning “mahsuli” edi. U boshqarishda
qattiqoʻllik, avtoritar, buyruqbozlik usullaridan foydalandi. 1984yil fevralda Y. Andropov
vafot etgandan soʻng hokimiyatga kelgan