120
R
asman “yangi davlat” deb atalgan
Antonio Sala
zarning siyosiy rejimi Ikkinchi jahon urushidan ke-
yin ham oʻzining konservativ, avtoritarfashistik belgilarini
saqlab qoldi. Portugaliyani sal kam qirq yil boshqargan
Salazar Yevropa yangi tarixida eng uzoq hokimiyatda
oʻtirgan diktator boʻldi.
Jamiyat nazoratidan, muxoli-
fatdan butunlay xoli boʻlgan
bunday avtoritar rejimda
diktatorga yaqin boʻlgan xushomadgoʻy va laganbardor
boshqaruvchilar guruhi shakllanib, hokimiyatning yuqori
qatlamlarida poraxoʻrlik, korrupsiya illatlari kuchaydi.
Bunday tuzumda vaqt oʻtishi bilan diktator oʻzi yaratgan
tuzum “yutuqlari”ning quliga aylanadi, ommaviy axborot
vositalarida bu “yutuqlar” va uning “meʼmori” zoʻr berib,
toʻxtovsiz maqtaladi. Jamiyatda maʼnaviy
tanazzul yuz
beradi.
A. Salazar davrida hukumatning taʼqiblari
tufayli
barcha siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini toʻxtatdi. 1960yil-
larning oʻrtalarigacha rivojlanishning
iqtisodiy modeli
avtarkiya boʻlib qoldi. Yirik
mustamlaka mulklari Portu-
galiyaga muntazam daromad keltirib turdi. Mustamlaka
imperiyasini saqlab turish gʻoyasi Salazar rejimi rasmiy
mafkurasining ajralmas qismi edi. Diktator kuchayib borayotgan ozodlik harakatiga
qarshi terrordan boshqa narsani oʻylab topa olmadi. Koʻpchilik faollar, birinchi oʻrinda
ziyolilar qatagʻon qilindi.
1968-yili A. Salazar vafot etdi. Bosh
vazir lavozimini egallagan