Yevropada integratsiya jarayonining natijalari




Download 13,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/150
Sana17.11.2023
Hajmi13,23 Mb.
#100154
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   150
Bog'liq
Jahon tarixi 10 uzb 2022

Yevropada integratsiya jarayonining natijalari


116
Shu davrdan integratsiya jarayonida ishtirok etayot-
gan davlatlarning alohida ijtimoiy va iqtisodiy siyosat 
olib borishi mumkin boʻlmay qoldi. Muammolarni hal 
etishning muvaffaqiyatli usullari integratsiya jarayoni-
da ishtirok etayotgan barcha davlatlar tomonidan tezda 
qoʻllana boshlandi. Shuningdek, integratsiyaning har 
bir ishtirokchisi millatlararo tashkilotlar qarorini baja-
rishi shart boʻlib, bu, oʻz navbatida, alohida davlatda 
ijtimoiy­iqtisodiy tajribalar oʻtkazish xavfini pasaytirdi. 
Bu Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida barcha siyosiy 
partiyalarning gʻoyaviy­siyosiy oʻziga xosligidan qatʼi 
nazar, ijtimoiy taraqqiyotning muhim masalalari boʻ-
yicha ularning qarashlarini yaqinlashtiruvchi muhim 
omil boʻldi.
modeli shakllanib bordi. Ular oʻrtasidagi asosiy farq 
iqtisodiyot ustidan davlat nazoratining darajasi, unga 
taʼsir koʻrsatish usullari bilan bogʻliq edi. 
Ikkinchi model iqtisodiyotning asosiy sohalarini 
davlatning oʻzi tomonidan rivojlantirishni koʻzda tutar-
di. Masalan, Fransiyada sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarish hajmini ikki barobar oshirish imkonini ber-
gan modernizatsiya natijasida koʻmir va gaz ishlab 
chiqarish, aviatsiya, avtomobilsozlik sanoatlarining 
katta qismi davlat mulkiga aylantirildi. 1980-yillari 
iqtisodiyotning muhim sohalarini davlat tomonidan 
nazorat qilishga intilish va yuqori soliqlar oqibatida 
transmilliy korporatsiyalar oʻz kapitalini Fransiyadan 
chiqarib keta boshlashdi. Oqibatda iqtisodiy oʻsish 
surʼatlari pasaydi. Kapitalning chiqib ketishini toʻxtatish 
uchun Fransiya neokonservatizm tajribasiga muroja-
at qilib, davlat korxonalarini qisman xususiylashtirdi, 
soliqlarni pasaytirdi. Bu sal oldin Buyuk Britaniyada 
boshlangan, GFR va Gʻarbiy Yevropaning boshqa 
mamlakatlarida olib borilayotgan siyosatga mos edi.
Bryusseldagi Yevropa 
Ittifoqi parlamenti binosi
1. Mustaqil tarzda Yevropada integratsiya jarayonlari bilan tanishing. 
2. Sizningcha, Gʻarbiy Yevropa davlatlarida qanday omil tufayli integratsiya 
jarayonlariga ehtiyoj paydo bo‘ldi?

Download 13,23 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   150




Download 13,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yevropada integratsiya jarayonining natijalari

Download 13,23 Mb.
Pdf ko'rish