24
shunchalik ko‘p metall deformatsiyalanadi va prokatlash jarayonining
unumdorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Metallning jo‘valar bilan qamrab
olinishini yaxshilash uchun prokat ishlab chiqarish amaliyotida quyidagi
priyomlar qo‘llaniladi.
1.
Jo‘valarning bochkalariga kertiklar qo‘yish, qoplama qoplash,
polosaning oldingi uchiga qirinda yoki qum sepish va hokazolar yo‘li bilan
jo‘valar va tayyorlanma o‘rtasida ishqalanish koeffitsienti oshiriladi.
2.
Konus quymani jo‘valarga ingichka tomonini oldinga qilib berish,
polosaning oldingi uchini oldindan o‘tkirlash va hokazolar hisobiga metall va
jo‘valarning bir-biriga tegish maydoni oshiriladi.
3.
Tayyorlanmani jo‘valarga tortadigan kuch oshiriladi (polosaga
stanning oldida rolgangda tezlik beriladi yoki uzluksiz stanlarda prokatlashda
oldingi katakning itaruvchi ta’siridan foydalaniladi va hokazolar).
4.
Metall jo‘valar bilan qamrab olingan momentda prokatlash tezligi
kamaytiriladi, bu ishqalanish koeffitsientining ortishini ta’minlaydi.
Amaliyotda qo‘llaniladigan maksimal
α qamrab olish burchaklari:
yaxshilab silliqlangan jo‘valarda moylash bilan sovuq prokatlashda 3-4°;
g‘adir-budur yuzali jo‘valarda moylashsiz sovuq prokatlashda 6-8°;
qaynoq listli prokatlashda 15-22°;
qaynoq sortli prokatlashda 22-24°;
kertilgan yoki qoplama qoplangan jo‘valarda qaynoq prokatlashda 27-34°.
Yakunda shuni qayd qilish lozimki, garchi moylashdan foydalanish
tayyorlanmaning jo‘valar bilan qamrab olinishini qiyinlashtirsada, listli metallni
sovuq prokatlash uning yuzasining yuqori sifatini olish uchun odatda moylash
bilan olib boriladi.