O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

1.3. Prokatlashda ilgarilab ketish 
Prokatlashning qaror topgan davrida metall jo‘valar bilan qamrab olinishi 
uchun ishqalanish kuchlarining bir qismigina talab qilinadi. Metallning jo‘valar 


25 
bilan boshlang‘ich qamrab olinish momentidan qaror topgan davrga o‘tishda 
oshiqcha ishqalanish kuchlarining paydo bo‘lishi va ularning ortishi ilgarilab 
ketish paydo bo‘lishini chaqiradi, u metallning jo‘valarning yuzasiga nisbatan 
sirg‘alishida namoyon bo‘ladi, natijada metallning tezligi jo‘valarning aylanma 
tezligidan katta bo‘lib qoladi. Agar metall jo‘valarga nisbatan sirg‘alganda 
metallning tezligi jo‘valarning aylanma tezligidan kichik bo‘lsa, u holda bu 
hodisa orqada qolish deb ataladi. Qamrab olish yoyining ma’lum bir 
uchastkalarida S
1
ilgarilab ketish va S
0
orqada qolish quyidagi formulalar 
bo‘yicha hisoblanadi:
𝑆
1
=
𝜐
1
− 𝜐
𝐵
𝜐
𝐵
100 % ; (1.31) 
𝑆
0
=
𝜐
𝐵
− 𝜐
0
𝜐
𝐵
100 % , 
(1.32) 
Bu yerda υ
v
– jo‘valar aylanishining aylanma tezligi. 
Ilgarilab ketish va orqada qolishni grafik tarzda ifodalash mumkin (1.9 
rasm). 
1.10 – rasm. Metallning harakatlanish vaqtidagi tezligining taqsimlanish 
grafigi va prokatlash jarayonida ushlab qolish burchagida jo‘valarning bir 
chiqidagi tezligi. 


26 
Geometrik deformatsiya o‘chog‘ining ularda orqada qolish yoki ilgarilab 
ketish kuzatiladigan uchastkalari mos ravishda orqada qolish va ilgarilab ketish 
zonalari deb ataladi. Bu uchastkalarda orqada qolish zonasida 
T
𝑥
1
ishqalanish 
kuchi prokatlash yo‘nalishida ta’sir ko‘rsatadi, ilgarilab ketish zonasida esa T
𝑥
2
ishqalanish kuchi qarama-qarshi yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatadi. Kirish tekisligida 
metallning tezligi jo‘valarning tezligidan kichik bo‘lishi, chiqish tekisligida esa 
aksincha, jo‘valarning tezligidan katta bo‘lishi sababli, metall va jo‘valarning 
tezligi mos tushadigan kesim mavjud bo‘ladi. Bu kesim kritik kesim deb, bu 
kesimga javob beradigan γ markaziy burchak esa kritik burchak deb ataladi, u 
deformatsiya o‘chog‘ini ikkita zonaga – orqada qolish zonasi va ilgarilab ketish 
zonasiga ajratadi. Jo‘valarning yuzasida ko‘chishda metall zarrachalari, xuddi 
ta’sir ko‘rsatuvchi kontakt ishqalanish kuchlari kabi yo‘nalishni qarama-qarshi 
tomonga o‘zgartiradi.
Ilgarilab ketish kattaligiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi.
1. 
Jo‘valarning diametrining ortishi qamrab olish burchagining 
kamayishiga, shundan kelib chiqqan holda, metallning jo‘valar bilan kontakt 
zonasining uzunligining ortishiga olib keladi, natijada ishqalanish kuchlarining 
oshiqchaligi ortadi va demak, ilgarilab ketish ham ortadi.
2. 
Ishqalanish koeffitsientining ortishi ishqalanish kuchlarining 
ortishiga va prokatlanadigan polosa qanchalik keng bo‘lsa, ilgarilab ketishning 
shunchalik ortishiga ko‘maklashadi. 
3. 
AN doimiy siqishda polosaning qalinligining kamayishi λ 
cho‘zilishning sezalarli ortishini chaqiradi, shundan kelib chiqqan holda, vaqt 
birligida chiqish tekisligi orqali ko‘proq metall o‘tadi, bu faqatgina chiqishda 
polosaning tezligini oshirish hisobiga mumkin bo‘ladi, bu ilgarilab ketishning 
ortishini chaqiradi.
4. 
Ko‘ndalang deformatsiya ortishi bilan ilgarilab ketish kamayadi.
Old va orqa tortilish ilgarilab ketishga va kritik kesimning holatiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Orqaga tortilish ilgarilab ketishni kamaytiradi, kritik kesim esa 
chiqish tekisligiga qarab siljiydi. Orqaga tortilishning ilgarilab ketishga teng 


27 
bo‘lib qoladigan qiymati mavjud. Shunda butun deformatsiya sohasi bo‘ylab 
orqada qolish kuzatiladi. Oldinga tortilish ilgarilab ketishni kuchaytiradi. Kritik 
kesim metallning jo‘valardan chiqish tekisligidan uzoqlashadi.
Ilgarilab ketishni uzluksiz prokatlash stanining ishchi kataklarining 
jo‘valarini aylanish tezliklari bo‘yicha rostlashda hisobga olish lozim bo‘ladi.
Ilgarilab ketish - bu jo‘valarda polosaning chiqish tezligi jo‘valarning 
periferik tezligidan qanchalik katta ekanligini ko‘rsatadigan qiymat. 
Ilgarilab ketish ni ushbu formula orqali hisoblab chiqamiz 
𝑠 =
𝑣
1
−𝑣
𝐵
𝑣
𝐵
, (1.33) 
Odatda ilgarilab ketish foizlarda aniqlanadi: 
𝑠 =
𝑣
1
−𝑣
𝐵
𝑣
𝐵
= 100%, (1.34) 
Ba’zi hollarda S ilgarilab ketish berilgan qiymatga ega, jo‘valardan 
polosaning chiqib ketish tezligini aniqlash talab qilinadi. Shunda (1.33) formula 
konvertatsiyasi uni 
𝑣
1
nisbatdan hal qiladi: 
𝑣
1
= 𝑣
𝐵
(1 + 𝑆), (1.35) 
agar ilgarilab ketish foizlarda berilgan bo‘lsa, unda 
𝑣
1
= 𝑣
𝐵
(1 + 𝑆/100%), (1.36) 

Download 6,57 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish