- BOB. PROKATLASH TEXNOLOGIK JARAYONLARINING




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

1 - BOB. PROKATLASH TEXNOLOGIK JARAYONLARINING 
ASOSLARI 
 
1.1. Prokatlashning mohiyati va asosiy turlari 
 
Prokatlash deb tayyorlanmaning ko‘ndalang kesim maydonini kamaytirish 
va unga belgilangan shaklni berish maqsadida boshlang‘ich tayyorlanmani 
aylanuvchi jo‘valar o‘rtasida siqish bilan amalga oshiriladigan metallni 
deformatsiyalash jarayoniga aytiladi.
Prokatlash – metallarga bosim bilan ishlov berishning ko‘proq keng 
tarqalgan turi bo‘lib, u yuqori unumdorlik va olinadigan buyumlarning boshqa 
ishlov berish turlariga qaraganda pastroq narxi bilan ajralib turadi. Mazkur 
bosim bilan ishlov berish turi faqatgina metallarning shaklini o‘zgartirish uchun 
emas, 
balki 
buyumlarning 
ekspluatatsion 
xususiyatlarining 
ortishini 
ta’minlaydigan strukturani olish uchun ham qo‘llaniladi. Shu sababli metallar 
va qotishmalarga ishlov berishning prokatlash va metallarga termik ishlov 
berishni (termomexanik ishlov berishni) o‘z ichiga oladigan ko‘plab sxemalari 
mavjud. Hozirgi kunda prokatlashni quyish sanoati bilan birlashtirishdan keng 
foydalanilmoqda. Bunga po‘lat va qotishmalarni yuqori unumdor uzluksiz 
quyish va prokatlash usuli misol bo‘lib xizmat qila oladi.
Prokatlash jarayonlari turli-tuman va ular quyidagi alomatlar bo‘yicha 
tasniflanadi.
Ishlov berish yo‘nalishiga bog‘liq ravishda bo‘ylama (a), ko‘ndalang (b) 
va ko‘ndalang-vintli (v) prokatlash turlari ajratiladi (1.1 rasm). 



 
a b 

1.1-rasm. Prokatlash turlari: a – bo‘ylama: 1 – val; 2 – enli list; b – 
ko‘ndalang: 1 – val; 2 – rolik; – val; d – ko‘ndalang-vintli: 1 – val; 2 – 
yo‘naltirgich; 3 – rostlagich; 4 – zagotovka; 5 – gilza 
Ko‘proq keng tarqalgan bo‘ylama prokatlashda (listli, sortli va boshqalar) 
(1.1, a rasm), 2 tayyorlanmani deformatsiyalash turli tomonga aylanadigan 7 
jo‘valar orasida amalga oshiriladi, bu jo‘valar orasidagi masofa 
tayyorlanmaning boshlang‘ich qalinligidan kichik bo‘ladi. Agar quyidagi 
shartlar bajarilsa, prokatlash jarayoni oddiy yoki simmetrik deb hisoblanadi. 
Birinchidan, jo‘valar bitta tekislikda joylashgan parallel o‘qlarga ega bo‘lgan 
bir xil diametrli silliq bochkalarga ega bo‘lishi lozim. Ikkinchidan, har ikkala 
jo‘va yuritmali bo‘lishi va bir xil aylanma tezlik bilan turli tomonga aylanishi 
lozim. Uchinchidan, har ikkala jo‘vaning yuzasining holati bir xil bo‘lishi, ya’ni 
prokatlashda tayyorlanma va jo‘valar o‘rtasida vujudga keladigan ishqalanish 



koeffitsientlari va kuchlari bir xil bo‘lishi zarur. Va to‘rtinchidan, prokatlashga 
to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli va butun hajm bo‘ylab bir jinsli fizikaviy-mexanik 
xususiyatlarga ega bo‘lgan polosa tortiladi va unga faqatgina jo‘valar 
tomonidan kuchlar ta’sir ko‘rsatadi deb faraz qilinadi. Oddiy prokatlash 
jarayoni nazariyasi prokatlashning boshqa – ko‘proq murakkab holatlarini tahlil 
qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘ndalang prokatlash tamoyili (1.1 - b rasm) shundan iboratki, 3 ishlov 
beriladigan jismning o‘qi 7 jo‘valarning o‘qiga parallel joylashadi, ikkala jo‘va 
esa bir tomonga qarab aylanadi. Prokatlashda jo‘valar asta-sekin bir-biriga 
yaqinlashadi, natijada buyumning diametri kichrayadi, buyum ham aylanadi, 
biroq jo‘valarning aylanishiga qarama - qarshi tomonga aylanadi. 
Ko‘ndalang yo‘nalishda prokatlashda ishlov beriladigan jism ko‘chmaydi 
(agar maxsus tortuvchi qurilmalar bo‘lmasa). 2 yon roliklar yordamchi 
funksiyani bajaradi: ular buyumni jo‘valar orasida ushlab turadi. Ko‘ndalang 
prokatlashdan metallurgiya va mashinasozlikda vallar, o‘qlar, vtulkalar, 
shesternyalar va aylanuvchi jismlar tipidagi boshqa buyumlarni ishlab chiqarish 
uchun foydalaniladi.
Ko‘ndalang-vintli prokatlash (1.1, b rasm) bo‘ylama va ko‘ndalang 
prokatlash o‘rtasidagi oraliq holatni egallaydi. Bu prokatlash turi yana qiyshiq 
prokatlash deb ham ataladi. Vintli prokatlash stani jo‘valarining o‘qlari bir-
biriga nisbatan va prokatlanadigan dumaloq kesimli tayyorlanmaning o‘qiga 
nisbatan burchak ostida joylashadi. 1 jo‘valarning bunday joylashishi tufayli 4 
tayyorlanma prokatlash jarayonida faqatgina aylanma harakatni sodir qilib 
qolmasdan, balki ilgarilanma harakatni ham sodir qiladi, tayyorlanma 
yuzasidagi nuqtalar esa kenglikda vintli chiziqni chizadi. Jo‘valarning ishlov 
beriladigan jismning o‘qiga nisbatan egilish burchagi odatda katta bo‘lmasligi 
va 12-18° ni tashkil qilishi sababli, ko‘ndalang-vintli prokatlash o‘zining 
xarakteri bo‘yicha bo‘ylama prokatlashga qaraganda ko‘ndalang prokatlashga 
yaqinroq bo‘ladi. Qiyshiq prokatlash jarayoni choksiz quvurlar ishlab 
chiqarishda, xususan tikish stanlarida keng qo‘llaniladi, bu erda yaxlit dumaloq 



tayyorlanmadan 5 qoralama quvur olinadi, u gilza deb ataladi. Tayyorlanmada 
to‘g‘ri shakldagi teshikni olish uchun 1 jo‘valar orasiga o‘zakka mahkamlangan 
2 opravka o‘rnatiladi. Z chizg‘ichlar tayyorlanmani jo‘valarda ushlab turish 
uchun xizmat qiladi. 
Ko‘rib chiqilgan prokatlash turlaridan farqli o‘laroq, davriy prokatlashda 
deformatsiya jarayonida jo‘valar orasidagi oraliqning balandligi o‘zgaradi. 
Bunga jo‘valarga maxsus dumaloq bo‘lmagan shaklni berish, prokatlash 
jarayonida jo‘valar orasidagi oraliqni o‘zgartirish, jo‘valarda bandajlardan 
foydalanish va hokazolar bilan erishiladi. Bunday usul bilan uning kesimi 
uzunlik bo‘ylab davriy ravishda o‘zgaradigan prokatlash mahsuloti yoki 
o‘zgarmas kesimli prokat olinadi, biroq prokatlashda deformatsiyalash har bir 
uchastkaga bo‘linadi va tayyorlanmaning har bir uchastkasi navbatma-navbat 
prokatlanadi. Siqish o‘zgarganda prokatlashning barcha parametrlarining 
o‘zgarishi sodir bo‘ladi, shu sababli davriy prokatlashni nostatsionar prokatlash 
sifatida tavsiflash mumkin. Davriy prokatlash tamoyili yoyuvchi stanlar, 
planetar stanlar, tebranuvchi jo‘vali stanlar va hokazolarning ishlashining 
asosiga qo‘yilgan.
Jo‘valarga dumaloq bo‘lmagan shaklni berish yo‘li bilan amalga 
oshirilgan davriy prokatlash sxemasi 1.2 rasmda keltirilgan. 
1.2-rasm. Aylana xolatiga ega bo‘lmagan valda davriy prokatlash sxemasi 



Ishlab chiqarish amaliyotida agar tayyorlanma prokatlashdan oldin 
rekristallanish haroratidan yuqori haroratgacha qizdirilsa, u holda prokatlash 
qaynoq prokatlash deb, agar rekristallanish haroratidan past haroratgacha 
qizdirilsa – issiq prokatlash deb ataladi. Tayyorlanmani qizdirmasdan 
o‘tkaziladigan prokatlash sovuq prokatlash deb ataladi.
Stanlarning ish rejimi noreversiv bo‘lishi mumkin – bunda jo‘valar bir 
tomonga qarab aylanadi, yoki reversiv bo‘lishi mumkin – bunda jo‘valarning 
aylanish yo‘nalishini almashtirish bilan tayyorlanmani ikkala tomongayam 
prokatlash mumkin.
Prokatlash jarayoni simmetrik va asimmetrik bo‘lishi mumkin. 
Prokatlanadigan polosaga kuchlarning ta’sir ko‘rsatish sxemasi, kontakt 
sharoitlari, har bir jo‘vaga tegishli bo‘lgan kuchlangan-deformatsiyalangan 
holat va siqish zonalarida tezlik shartlarining to‘liq analogiyasi bor bo‘lganda 
ikkita jo‘va bilan prokatlash jarayoni simmetrik prokatlash deb ataladi.
Prokatlash jarayonining muhim sharti polosaning uchlariga qo‘yilgan 
tashqi kuchlarning bor yoki yo‘qligi bo‘lib hisoblanadi. Bu alomat bo‘yicha 
erkin va erkin bo‘lmagan prokatlash ajratiladi. Polosaga faqatgina jo‘valar 
tomonidan kuchlar ta’sir ko‘rsatganda prokatlash erkin prokatlash deb ataladi. 
Erkin bo‘lmagan prokatlash polosaning uchlarining tortilishi yoki tiralishi bilan 
amalga oshadi (1.3 rasm), bunda tortilish (tiralish) bir tomondan ham, ikki 
tomondan ham sodir bo‘lishi mumkin.


10 
1.3-rasm. Prokatlash sxemasi: a – erkin holatida; b – kuch ta’siri ostida: 
Q
orqa
– o‘tayotgan qismni siqilishi; Q
old 
– o‘tishdan keyingi siqilish; R
orqa 
– 
o‘tayotgan qismda tarangik; R
old 
– o‘tishdan keyingi taranlik
Tortilish yoki tiralish, masalan, uzluksiz prokatlashda polosa bir paytda 
hisob-kitoblar bo‘yicha vaqt birligida metallning turlicha hajmini o‘tkazishga 
qodir bo‘lgan ikkita qo‘shni prokatlash kataklarida bo‘lib qolgan momentda 
vujudga kelishi mumkin.

Download 6,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 - BOB. PROKATLASH TEXNOLOGIK JARAYONLARINING

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish