42
boshqalarda foydalaniladi.
Ishchi kataklarning joylashuviga bog‘liq ravishda
prokat stanlari beshta
guruhga bo‘linadi: bir katakli, liniyali ko‘p katakli, ketma-ket, yarim uzluksiz,
uzluksiz (2.2 - rasm).
a b
d e
f
2.2 - rasm. Ishchi qismlarni joylashishiga qarab prokat stanlar turlari:
a – bir ishchi qismli; b – to‘g‘ri chiziqli; d – ketma-ket; e – yarim uzluksiz,
f – uzluksiz; 1–13 ishchi qismlar (kletlar)
Bir katakli stanlar (2.2,
a rasm) jo‘valarni yuritish liniyasiga ega bo‘lgan
bitta ishchi katakka ega, yuritish liniyasi shpindellar, shesternya katagi,
reduktor, muftalar va bosh elektrodvigateldan tashkil topadi. Bir katakli
reversiv stanlar universal va bir dasturdan boshqasiga
qayta shaylash uchun
qulay bo‘lib hisoblanadi. Bunday stanlarning yutug‘i – ko‘p joyni
egallamasligidan iborat. Kamchiligi – reverslarga qo‘shimcha energiya va vaqt
sarflashni talab qiladi. Bu stanlarga blyuminglar, slyabinglar, uch va to‘rt
43
jo‘vali qalin listli stanlar, shuningdek universal stanlar kiradi.
Liniyali stanlarning ishchi kataklari (2.2,
b rasm) bitta, ikkita,
uchta va
undan ko‘p liniyalarda joylashadi, bunda har bir liniya alohida yuritmadan, yoki
bir nechta liniyalar – bitta elektrodvigateldan ishlaydi. Bu tipdagi stanlar –
noreversiv, ular simli, sortli, relsto‘sinli, qalin listli stanlar sifatida qo‘llaniladi.
Ketma-ket stanlarda (2.2,
v rasm) prokatlanadigan polosa har bir katak
orqali bir necha marta o‘tadi, shu sababli bunday standa kataklar soni
F
0
kesimli
tayyorlanmani
F
1
kesimli tayyor profilga siqish uchun zarur bo‘ladigan
o‘tishlarning maksimal soniga teng bo‘ladi. Sexning uzunligini qisqartirish va
uning maydonidan yaxshiroq foydalanish uchun kataklar odatda bir necha
qatorga parallel qilib joylashtiriladi. Mazkur
guruh stanlari yuqori
unumdorlikka ega, shu sababli sortli profillarni prokatlash uchun keng
qo‘llaniladi.
Yarim uzluksiz stanlar (2.2,
g rasm) kataklarning ikkita guruhidan tashkil
topadi: uzluksiz va liniyali. Kataklarning bir guruhida polosa uzluksiz
prokatlanadi, ya’ni u bir paytning o‘zida ikkita yoki undan ko‘p kataklarda
bo‘lishi mumkin. Boshqa guruhda prokatlash liniyali
va ketma-ket stanlar
tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu stanlar kichik sortli simlar va
polosalarni prokatlash uchun qo‘llaniladi.
Uzluksiz standa (2.2,
d rasm) prokatlashda metall bir paytning o‘zida bir
nechta kataklarda bo‘ladi, shu sababli kataklarda jo‘valarning aylanish tezligi
shunday tanlanishi va rostlanishi lozimki, bunda vaqt birligida metall sarfi har
qanday katakda doimiy bo‘lsin:
𝐹
1
𝜐
1
= 𝐹
1
𝜐
1
= ⋯ 𝐹
𝑛
𝜐
𝑛
. = 𝑐𝑜𝑛𝑠𝑡,
(4.43)
Bu yerda
F
1
,
F
2
, .....
F
n
–
birinchi, ikkinchi va oxirgi katakdan chiqishda
metallning ko‘ndalang kesimi; υ
1
, υ
2
, ….. υ
n
– shu kataklarning jo‘valaridan
chiqishda polosaning tezligi. Noreversiv uzluksiz stanlar bitta nomenklaturani
44
(o‘lchamni) ommaviy prokatlash uchun mo‘ljallangan yuqori unumdor
agregatlar bo‘lib hisoblanadi. Uzluksiz stanlar tayyorlanmali,
keng polosali,
kichik sortli, simli stanlar va listlar va jestlarni rulonli sovuq prokatlaydigan
stanlar sifatida qo‘llaniladi. Bu stanlarning jo‘valarining yuritmasi guruhiy yoki
individual bo‘lishi mumkin.
Prokat ishlab chiqarish uchun prokatlash sexlariga turli tipdagi va turlicha
mo‘ljallanishli stanlar o‘rnatiladi, ular shartli ravishda bir nechta guruhlarga
ajratiladi.
Tayyorlanmali stanlar: blyuminglar, slyabinglar,
uzluksiz tayyorlanmali
stanlar.
Blyuminglar va slyabinglar – siquvchi yirik stanlar bo‘lib, jo‘valarining
diamtri 800 - 1 500 mm ni tashkil qiladi, ularda prokatlash reversiv rejimda 11-
15 marta o‘tish bilan olib boriladi. Qoidaga ko‘ra, bu bir katakli stanlar bo‘lib,
to‘g‘ri burchakli tayyorlanma (slyab) va kvadrat tayyorlanma (blyum)
ko‘rinishidagi katta o‘lchamli tayyorlanmalarni ishlab chiqarish uchun
mo‘ljallangan. Blyuminglar bir katakli ikki jo‘vali va ko‘p katakli, reversiv va
uzluksiz bo‘ladi. Blyumlar va slyablarni prokatlash uchun tayyorlanmali stanlar
sifatida bir katakli ikki jo‘vali reversiv blyuminglar ko‘proq keng tarqalishga
ega bo‘lgan. Jo‘valarning diametriga bog‘liq ravishda shartli ravishda katta
blyuminglar (1 100 - 1 500 mm), o‘rtacha blyuminglar (900 - 1000 mm), kichik
blyuminglar yoki siquvchi stanlar (800 - 900 mm) ajratiladi.
Uzluksiz