50
va
shpindelning
konstruksiyasiga
bog‘liq
ravishda
turlicha
konfiguratsiyaga ega bo‘lishi mumkin (treflar, parrak yoki silindrik qism).
Jo‘vaning unga yoyilmaning jo‘valardan chiqish tezligi (ilgarilab ketishni
hisobga olmasdan) mos keladigan diametri
yoyuvchi diametr deb ataladi.
Metallni listli jo‘valarda prokatlashda yoyuvchi diaietr silliq bochka bo‘yicha
qabul qilinadi, sortli jo‘valar uchun esa bu parametr jo‘vaning o‘lchamlari va
kalibrni o‘z ichiga oladigan formulalar bo‘yicha aniqlanadi. List prokat
stanining asosiy parametri jo‘va bochkasining uzunligi bo‘lib hisoblanadi. Bu
o‘lchamdan prokat stanning markasini belgilash uchun foydalaniladi. Masalan,
“2500 keng polosali stan” markasi ushbu standa silliq bochkaning uzunligi 2
500 mm ni tashkil qilishini bildiradi. Bu ushbu standa 2 500
mm gacha
kenglikdagi yassi prokatni olish imkonini beradi.
Yupqa listlarni qaynoq prokatlash uchun mo‘ljallangan jo‘valarning
bochkasi biroz botiq qilib ishlanadi, bu qaynoq metallni prokatlashda va
jo‘valarning o‘rta qismi katta qiziganda ularning bochkasi silindrik bo‘lib
qolishi uchun shunday qilinadi va shunda prokatlangan listning qalinligi listning
butun kengligi bo‘yicha bir xil bo‘ladi. Aksincha,
yupqa listlarni sovuq
prokatlash uchun mo‘ljallangan jo‘valarning bochkasi biroz bo‘rtik qilib
ishlanadi: prokatlashda bochkaning o‘rta qismi chekkalarga qaraganda ko‘proq
egilishi oqibatida bochka silindrik bo‘lib qoladi.
Sortli jo‘valar (2.4,
b rasm) sortli profilni prokatlash uchun xizmat qiladi.
Jo‘valarning bochkasining yuzasiga prokatning profiliga mos keladigan jilg‘alar
qilinadi. Ikkita yoki undan ko‘p jo‘valarning jilg‘alari kalibrlarni hosil qiladi,
shu sababli jo‘valar yana kalibrlangan jo‘valar deb ham ataladi. Sortli jo‘vaning
asosiy parametri uning diametri bo‘lib hisoblanadi,
u prokat stanning
belgilanishiga kiradi. Masalan, «blyuming 250» markali stan sortli prokatlash
uchun mo‘ljallangan va jo‘va bochkasining 250 mm diametriga ega.
Jo‘va (2.4 - rasm) bir nechta elementdan tashkil topadi: bochka (
D
diametrli va
l
b
uzunlikdagi), u prokatlashda metall bilan kontaktga kirishadi;
bochkaning ikki tomonida joylashgan va jo‘vaning podshipniklariga
51
tayanadigan bo‘yinlar (
d
bo‘yin
diametrli va
l
bo‘yin
uzunlikdagi); jo‘vaning
uchlari
– jo‘vani shpindel bilan tutashtirish uchun xizmat qiladi.
Jo‘vaning asosiy o‘lchamlari (bochkaning diametri va uzunligi)
prokatlanadigan mahsulotning sortamentiga bog‘liq bo‘ladi. Qaynoq prokatlash
uchun mo‘ljallangan jo‘vaning diametri 250 - 300 mm dan (simni prokatlash)
1 000 - 1 400 mm gachani (blyumlar va slyablarni prokatlash) tashkil qiladi.
Sovuq prokatlash uchun 5 mm dan (folgani prokatlaydigan 20 jo‘vali stanlarda)
600 mm gacha (yupqa polosalarni prokatlaydigan to‘rt jo‘vali stanlarda)
diametrli jo‘valar qo‘llaniladi.
Jo‘valarning sifati stanning normal ishlashi, uning unumdorligi va ishlab
chiqariladigan prokatning sifatini belgilaydi. Jo‘valar prokatlashda ularning
metall bilan uzluksiz edirilishi sharoitlarida ekspluatatsiya qilinadi,
kattagina
bosimni boshdan kechiradi va ba’zan keskin o‘zgaradigan yuqori haroratda
ishlaydi. Prokat jo‘valari po‘lat va cho‘yandan tayyorlanadi. CHo‘yan jo‘valar
pastroq mustahkamlik bilan tavsiflanadi, biroq yuqori edirilishga bardoshlilikka
ega, shu sababli ular asosan tozalamadan oldingi va tozalama kataklarda, b a’zan
oraliq kataklar guruhida ham qo‘llaniladi. Odatdagi po‘lat va cho‘yan jo‘valar
har doim ham ularga qo‘yiladigan oshirilgan talablarni qanoatlantiravermaydi,
shu sababli quyilgan va bosilgan yuqori mustahkam po‘lat jo‘valar va
oshirilgan mustahkamlikka ega bo‘lgan cho‘yan jo‘valarni qo‘llash zarurati
vujudga keladi. Jo‘valar uchun materialni tanlashda
prokat stanining tipini
hisobga olish lozim. Masalan, blyumingda qaynoq prokatlashda jo‘valarga
yuqori bosim va yuqori harorat ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli bunday jo‘valar
katta yopishqoqlikka ega bo‘lgan quyilgan yoki bosilgan uglerodli po‘latdan
tayyorlanadi. Ular prokatlashda vujudga keladigan bukuvchi yuklamalarga
yaxshi qarshilik ko‘rsatish bilan ajralib turadi. Bunda jo‘valarning qattiqligi
bosh rolni o‘ynamaydi. Sovuq prokatlash stanlari uchun legirlangan po‘lat va
cho‘yan jo‘valardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi, ularda yuza qatlam
katta qattiqlik bilan tavsiflanadi. Masalan, 300 mm dan kichik diametrli jo‘valar
uchun 9X va 9XR markali po‘latlar, 300 mm dan oshiq diametrli jo‘valar uchun
52
- 9X2, 9X2MF, 9X2V va boshqa po‘latlar qo‘llaniladi. Barcha markali
po‘latlardan tayyorlangan sovuq prokatlaydigan jo‘valar
maxsus rejimlar
bo‘yicha termik ishlov berishga tortiladi (toblash, bo‘shatish). Jo‘valarning
bochkasining mustahkamligi va qattiqligini oshirishga shuningdek yuzani
toblash bilan ham erishiladi. Oshirilgan qattiqlikka ega bo‘lgan qatlamning
chuqurligi 20-60 mm oraliqda bo‘lishi lozim, bu bochkaning yuzasi edirilganda
uni ko‘p marta qayta silliqlash va shu tariqa jo‘vaning xizmat qilish muddatini
uzaytirish imkonini beradi. Prokatlashda jo‘valarning yuzasidagi ishqalanish
koeffitsienti katta rol o‘ynaydi. Po‘lat jo‘valar
oshirilgan ishqalanish
koeffitsientiga ega, shu sababli ulardan ko‘proq yuqori siqishni amalga
oshiradigan kataklarda foydalaniladi. Blyuminglar, slyabinglar va tayyorlanmali
stanlarda ishqalanish koeffitsientini oshirish uchun, va shundan kelib chiqqan
holda, metallning jo‘valar bilan qamrab olinish sharoitlarini
yaxshilash uchun
jo‘valarning yuzasini silliq yoki kertilgan roliklar bilan yoyish qo‘llaniladi.