O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

payvandlashdan foydalaniladi.
Quvurlarni bosim bilan (qarshilik bilan, induksion, radiochastotali) 
payvandlash bilan ishlab chiqarish elektr payvandlangan quvurlarni olishning 
eng keng tarqalgan uslubi bo‘lib hisoblanadi. Quvurlarni elektr 


85 
payvandlaydigan agregatlar ishlab chiqariladigan quvurlarning o‘lchamiga 
bog‘liq ravishda kichik (quvurlarning diametri 32 mm gacha), o‘rtacha 
(quvurlarning diametri 114 mm gacha) va katta (quvurlarning diametri 530 mm 
gacha) agregatlarga bo‘linadi. Har bir agregatning tarkibiga odatda quyidagi 
uskunalar kiradi: shakl beruvchi stan, quvurelektrpayvand stan, kalibrlaydigan 
stan va quvurlarni harakat paytida qirqadigan qurilma. Quvurelektrpayvand 
stanlarning unumdorligini oshirish maqsadida liniyaga reduksion stan kiritiladi, 
u quvurlarni qirqishdan oldin yoki keyin o‘rnatiladi. Agar reduksiyalash 
qirqishdan oldin amalga oshirilsa, u holda bunday quvur shartli ravishda 
cheksiz quvur deb ataladi, kalibrlash stanidan keyin uni qizdirish esa seksiyali 
pechda amalga oshiriladi. Quvur qirqmalarini reduksiyalashni bajarish uchun 
ular ham o‘tkazma pechda oldindan qizdiriladi, reduksiyalashdan keyin esa 
kerakli uzunlikda qirqiladi.
Elektr payvand quvurlarni ishlab chiqarishda boshlang‘ich mahsulot 
sifatida kartochkalar yoki rulonlar ko‘rinishidagi polosalar va listlardan 
foydalaniladi. Tayyorlash operatsiyalari quyidagilar bo‘lib hisoblanadi: listlarni 
to‘g‘irlash, chekkalarni qirqish, kartochkalarni oldindan payvandlash, rulonlarni 
tarqatish, ularni qirqish, kuyindidan tozalash yoki yuzani eritish bilan tozalash 
(zarurat bo‘lganda), sovuq prokatlash, bitta rulondagi lentaning uchini boshqa 
rulondagi lentaning uchi bilan tutashtiruvchi payvandlash va hokazolar.
Payvandlashdan 
oldingi 
asosiy 
operatsiya 
quvur 
tayyorlanmani 
shakllantirish bo‘lib hisoblanadi. bu operatsiya turli uskunalarda – shakl 
beruvchi presslar, uch yoki to‘rt jo‘vali stanlar, tegishli kalibrlarga ega 
navbatlashuvchi gorizontal va vertikal duo kataklar (12 tagacha) tizimidan 
tashkil topadigan quvurlarga shakl beruvchi stanlarda bajariladi Jo‘valarning 
kataklarda joylashishi polosani asta-sekin quvur shakliga keltirishni ta’minlaydi 
(2.18 - rasm). Stanning oxirgi katagidan chiqqandan keyin quvur tayyorlanmasi 
elektrpayvand agregatga kelib tushadi, bu erda quvurning chekkalari maxsus 
rolikli elektrodlar bilan bir-biriga zich qilib qisiladi va bir paytning o‘zida 
payvandlanadi.


86 
Quvurlarni bosim bilan payvandlashda plastik deformatsiya odatda 
payvandlanadigan quvur tayyorlanmasining deformatsiyasi tufayli vujudga 
keladigan tashqi kuch (bosim) hisobiga sodir bo‘ladi. Bosimning kattaligi 
quvurning 
payvandlanadigan 
chekkalarida 
metallning 
birgalikda 
deformatsiyalanishini ta’minlashi lozim. Chekkalar bo‘ylab eng katta 
deformatsiya darajasiga quvurning bu joylarida harorat maksimal bo‘lganda 
erishiladi. Qizdirish harorati yuqori va plastik deformatsiya katta bo‘lganda 
chekkalarning payvandlanadigan yuzalarini qoplab turgan oksid plenkalar 
emiriladi va yuzadagi notekisliklar bartaraf bo‘ladi, bu notekisliklar 
payvandlanadigan chekkalarda metall atomlarining yaqinlashishiga to‘sqinlik 
qiladi. 
Rekristallanish 
haroratidan 
yuqori 
haroratgacha 
qizdirilgan 
chekkalarning birgalikda plastik deformatsiyalanishi va bir paytda sodir 
bo‘ladigan rekristallanish natijasida bir paytning o‘zida har ikkala 
payvandlanadigan chekkalarga tegishli bo‘ladigan donlar vujudga keladi va 
rivojlanadi. Bunda chokning metalli bosim bilan payvandlashning barcha 
turlarida rekristallangan strukturaga ega bo‘ladi.
2.18 – rasm. olti kletli prokatlash stanida chokli quvurning bukub olish 
jarayoning ketma ketlik sxemasi: 1 – 6 – stan kletlarining raqamlari 
Quvurlarning chekkalarini eritish orqali payvandlash bilan tutashtirish 
payvandlanadigan chekkalarning metallini issiqlik manbai bilan eritish va qattiq 


87 
metallning suyuq metall bilan ho‘llanishi hisobiga sodir bo‘ladi. Bunda erigan 
metall tashqi kuchlarning ta’sirisiz payvand chuqurchasini hosil qilish bilan 
quyuladi, quvurda payvand chok issiqlik manbaining ta’siri tugagandan keyin 
metallning kristallanishi natijasida shakllanadi. Issiqlik manbai chekkalar 
bo‘ylab ko‘chirilganda payvand chuqurchasining siljishi sodir bo‘ladi va bu 
quvurda bo‘ylama chok shakllanishiga olib keladi. Chokning metalli quyilgan 
dendrit struktura bilan tavsiflanadi. Har ikkala payvandlash uslublari uchun 
tutashtiriladigan chekkalar o‘rtasida umumiy donlar hosil bo‘lishi bilan metall 
bog‘lanish vujudga kelishi xarakterli bo‘ladi. Quvurlarni eritish bilan 
payvandlashni to‘g‘ri chok bilan ham, spiral chok bilan ham amalga oshirish 
mumkin. Bosim bilan payvandlash tezligi eritish bilan payvandlash tezligiga 
qaraganda 
10-20 martaga yuqori, shu sababli birinchi turdagi payvandlash 
ko‘proq afzal deb hisoblanadi.
Yuqori legirlangan po‘latlardan quvurlar ishlab chiqaradigan agregatlar 
tayyorlanmalarni tayyorlash uskunalari, shakl beruvchi stan, payvandlash stani, 
kalibrlaydigan stan va quvurlarni harakat paytida qirqadigan qurilmani o‘z 
ichiga oladi. Quvurlarni olish texnologik jarayoni bosim bilan payvandlaydigan 
quvurelektrpayvand agregatlardagi xuddi o‘sha ketma-ketlikda kechadi va 
faqatgina payvandlash tamoyili bilan farq qiladi.
Quvurlarni inert gazlar muhitida payvandlashda elektr yoyi volframdan 
ishlangan erimaydigan elektrod va payvandlanadigan quvur o‘rtasida hosil 
qilinadi.
Quvurlarni gazelektr payvandlashda soplo konstruksiyali gaz gorelkalari 
qo‘llaniladi, ularning tiplari va o‘lchamlari quvurning o‘lchamlari va 
payvandlash tezligi bilan belgilanadi.
Quvurlarni plazmali payvandlashda 10-15% vodorod qo‘shish bilan 
argondan foydalaniladi. Plazmali payvandlash argonda payvandlashga 
qaraganda tezlikni, shuningdek payvand chokning sifatini oshiradi. Bu turdagi 
payvandlashni qalin devorli quvurlar uchun qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Metallni ko‘proq shiddatli qizdirish manbai elektron nur bo‘lib 


88 
hisoblanadi, uning yordamida qizdirish zonasida juda yuqori haroratlarni hosil 
qilish va har qanday metallni payvandlash mumkin. Bunda chok zonasida 
yuqori mexanik xususiyatlarga ega bo‘lgan mayda donli struktura hosil bo‘ladi. 
Biroq bu samarali payvandlash usuli past unumdorlikka ega.
Flyus ostida yoyli payvandlash bilan 426 - 2500 mm diametrli va 
devorining qalinligi 3-25 mm bo‘lgan quvurlar ishlab chiqariladi, ulardan 
magistral gaz, neft quvurlari tarmoqlari va boshqa shu kabilarda foydalaniladi. 
Chokning yo‘nalishiga bog‘liq ravishda quvurlar to‘g‘ri chokli va spiral chokli 
bo‘lishi 
mumkin. 
Flyus 
ostida 
payvandlash 
elektrod 
va 
quvur 
tayyorlanmasining chekkalari o‘rtasida elektr yoyini hosil qilishdan tashkil 
topadi. Buning natijasida tayyorlanmaning chekkalari va elektrod sim eriydi, 
suyuq metall vannasini hosil qiladi, bu vanna qotganda chok hosil bo‘ladi. 
Suyuq metallning oksidlanishining oldini olish uchun payvandlash flyus ostida 
bajariladi, flyus ham erish bilan himoyalaydigan shlak qatlamini hosil qiladi.
Spiral chokli quvurlarni ishlab chiqarish jarayonning uzluksizligi va kichik 
ishlab chiqarish maydoni bilan ajralib turadi. Bunda spiral prokatlash stanini 
tezda quvurlarning bir diametridan boshqasiga o‘tkazish mumkin, olinadigan 
quvurlarning uzunligi amalda cheklanmaydi, quvurlarning o‘zlari ideal dumaloq 
kesim bilan to‘g‘ri bo‘lib chiqadi va o‘zining mustahkamligi bo‘yicha to‘g‘ri 
chokli quvurlardan 20-40% ga mustahkam bo‘ladi. Spiral payvandlashda 
lentaga shakl berish maxsus shakl beradigan qurilmada listning bo‘ylama o‘qiga 
nisbatan burchak ostida joylashgan tekislikda plastik bukish yo‘li bilan olinadi. 
Payvandlash ikkita yoki uchta payvandlash golovkalari bilan amalga oshiriladi, 
bunda xuddi to‘g‘ri chokli quvurlarni payvandlashdagi kabi flyus qatlami ostida 
yoyli payvandlash qo‘llaniladi. 2.19 - rasmda uchta payvandlash golovkalari 
bilan chok hosil qilish sxemasi keltirilgan.


89 
2.19 – rasm. Spiral chokli quvurlar olishda payvandlashning boshlang‘ich 
sxemasi 
Spiral payvandlash agregati tarkibiga tayyorlanmani tayyorlash liniyasi, 
shakl beradigan-payvandlaydigan stan va sayqal berish uskunalari kiradi. Spiral 
chokli quvurlarni ishlab chiqarish rulon listli po‘lat bilan olib boriladi. Biroq 
ularda qirqilgan listlardan payvandlash yo‘li bilan cheksiz polosa hosil 
qiladigan stanlardan ham foydalanilishi mumkin. Quvur tayyorlanmasiga shakl 
berish uchun har xil tipdagi shakl beruvchi qurilmalardan foydalaniladi.

Download 6,57 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish