4.2. Prokatlash - presslash
Prokatlash va presslash jarayonlarini birlashtirish, u ekstrolling deb
atalgan, birinchi marta 1976 yilda B.Avitsur tomonidan takli qilingan va
patentlangan. Usulning o‘ziga xos xususiyati shu bo‘lib hisoblanadiki, bunda
jo‘valar va tayyorlanma o‘rtasidagi faol kontakt ishqalanish kuchlari hisobiga
metallning ekstruziyalanishi presslash matritsasi orqali amalga oshadi.
Jarayonning sxemasi 4.3 - rasmda keltirilgan.
121
4.3 – rasm. Ekstroling prokatlash sxemasi; 1 – staninalar; 2 – jo‘valar; 3 –
matritsa; 4 – matritsaushlagich; 5 – plastinka; 6 – zagatovka; 7 – maxsulot; 8 –
metal bilan kalibr
Mazkur jarayonni amalga oshirish uchun boshlang‘ich tayyorlanma
uzluksiz tarzda kalibrga beriladi, unda siqiladi, bu prokatlash jarayoniga to‘liq
mos keladi, va kalibrdan chiqishda o‘rnatilgan matritsaning kalibrlaydigan
teshigiga bosiladi. Mazkur usul metallni sovuq holatda ham, yuqori haroratlarda
ham ekstrudirlash uchun amalga oshiriladi. Unda ilgari ko‘rib chiqilgan
konform usuliga qaraganda reaktiv harakatning ishqalanishini engishga quvvat
sarfi kamayadi, shuningdek kalibr bo‘shlig‘ining tayyorlanmaning metalli bilan
to‘lishi ko‘proq samarali kechadi. Jarayonni amalga oshirish preslashning
olinadigan buyumning cheklangan uzunligi kabi kamchiliklarini bartaraf qilish
imkonini beradi, prokatlash uchun esa bir martalik siqishlarni oshirish va ularni
presslashda olinadigan kattaliklirga yaqinlashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Biroq ekstrolling uslubida jarayon to‘lig‘icha amalga oshmaydi, chunki matritsa
jo‘valarning markazlari orqali o‘tadigan umumiy o‘qda joylashgan. [43] ishning
mualliflari tomonidan birlashtirilgan prokatlash-presslash uslubi (BPP) taklif
qilingan, u konstruktiv echimlar hisobiga to‘xtashlarsiz va sirg‘alishlarsiz
122
uzluksiz kechish nuqtai-nazaridan jarayonni barqaror qilish imkonini beradi.
Ixcham bo‘lmagan materiallarni birlashtirilgan prokatlash-presslash uchun
mo‘ljallangan qurilmaning variantlaridan biri 4.4 - rasmda keltirilgan.
4.4 – rasm. kotta hajmdagi materillardan sim va profillar olish mashinasining
sxemasi: 1 – konteyner; 2 – forkamera; 3 – shnek; 4 – o‘rab oluvchi jo‘va; 5 –
to‘siqli jo‘va; 6 – kalibr; 7 – matritsa; 8 – gidrosiqilish; 9 - induktor
Bu qurilmada sim yoki diskret metall zarrachalari (kukun, qirindi
granulalari va boshqalar) ko‘rinishidagi tayyorlanmani jo‘valarga uzluksiz va
bir tekis berish shnek yordamida ta’minlanadi.
|