129
olinadigan polosaning tekislanishi sodir bo‘ladi.
Teskari (salt) yurishda metall siqilmaydi va yurish paytida tayyorlanma
prokatlash yo‘nalishida berish kattaligiga siljiydi va ma’lum bir burchakka
kantlanadi (agar talab qilinsa).
Katak ikkita beruvchi qurilmalar bilan jihozlangan, ular katakning oldida
va katakdan chiqishda joylashgan va sinxron tarzda ishlaydi, bu
tayyorlanmaning orqa uchini prokatlashning tugashini ta’minlaydi. Bunda
katakning ishchi yurishi paytida tayyorlanmani qotirish, salt yurish paytida esa
– tayyorlanmani berish va kantlash kabi operatsiyalar sodir bo‘ladi.
Prokatlash-bolg‘alash usuli asosida tayyorlanmalar va tovar mahsulotini
olish texnologik jarayonlarining turli variantlari ishlab chiqilgan Mazkur usul
bir marta o‘tishda yuqori deformatsiya darajalarini yaratish maqsadida qiyin
deformatsiyalanadigan qotishmalar va po‘latlarga ishlov berish uchun
qo‘llaniladi.