133
harakat yo‘nalishida kameradan chiqishining oldini olish uchun segmentda
o‘rkach ishlangan, u ariqchaning halqa qo‘yilma bilan tutashgan uchastkasining
oxirida ariqchaning ko‘ndalang kesimini to‘sadi. Ariqchada qotgan metall
segmentdagi o‘rkachga etib keladi, so‘ngra kameraning butun kesimi bo‘ylab
presslanadi, bunda metallning harakatlanayotgan ariqchaning yuzasi bilan
ishqalanish kuchlari uni matritsaning kalibrlaydigan teshigi orqali bosib
chiqarish uchun etarli bo‘ladigan kattalikkacha ortadi.
Mazkur qurilmada amalga oshiriladigan uzluksiz quyish va presslash
jarayoni an’anaviy presslash usullariga qaraganda bir qator afzalliklarga ega,
ular quyidagilardan iborat:
metallni uzluksiz quyish va presslash jarayonlarini birlashtirish amalga
oshadi;
tayyorlanma va konteyner o‘rtasidagi ishqalanish kuchlari tayyorlanmani
presslash uchun zarur bo‘ladigan kuch hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi;
quyma ishlab chiqarish va presslashdan oldin uni presslash operatsiyalari
barham topadi;
yaroqli metall chiqishi ortadi;
alyuminiyga ishlov berishda energiya sarflari an’anaviy presslashga
qaraganda 2-3,5 martaga kamayadi.