144
texnologik jarayonlarni ishlab chiqish muddatlarini qisqartirish, ularni
loyihalash va ishlab chiqarishga joriy qilishda tajriba-sanoat ishlarini
o‘tkazishga ketadigan vaqtni ham o‘z ichiga olgan holda;
amaldagi texnologiyalarni optimallashtirish;
tayyorlanmada nuqsonlar vujudga kelishini prognozlash va noto‘g‘ri
texnik echimlarni sanoat eksperimentlari boshlanmasdan turib bartaraf
qilish;
ishlab chiqiladigan texnik echimlarning ishonchliligini oshirish, jumladan
analog texnologik jarayonlarga ega bo‘lmagan noyob detallar uchun
buyumlar yoki tayyorlanmalarni olish bilan bog‘lanadigan metallarga
bosim bilan ishlov berish texnologik jarayonlari uchun.
Kompyuterli modellashtirishni amalga oshiradigan tizimlar uchun SAE
8u81et (Sotri1eg AIeyoEezщp 8u81et) atamasidan foydalaniladi.
Murakkab ob’ektlarni loyihalashning asosida yotadigan tamoyillar bir
qator nazariyalar va yondashuvlarda yoritilgan.
Tizimli yondashuv ko‘proq
umumiy bo‘lib hisoblanadi va o‘rganiladigan hodisalar yoki murakkab
tizimlarning qismlarini ularning o‘zaro harakatlarini hisobga olish bilan ko‘rib
chiqishdan tashkil topadi.
Loyihalash
jarayonlarini
avtomatlashtirishga
bo‘lgan
barcha
yondashuvlarda asosiy moment shu bo‘lib hisoblanadiki, avtomatlashtirilgan
loyihalash tizimlari echimning ratsional variantlarini tanlashga asoslanadi, bu
variantlar o‘zida matematik, texnik, dasturiy, informatsion ta’minot va boshqa
ta’minot turlarini o‘z ichiga oladigan vositalar jamlanmasini taqdim qiladi.
Ta’minotning quyidagi etttita turini ajratish qabul qilingan: