2.3. Po‘latni listli prokatlashning o‘ziga xos xususiyatlari
Po‘latdan listli prokat qaynoq prokatlash bilan ham, sovuq prokatlash
bilan ham olinadi va qalin listli po‘lat (4 mm dan oshiq qalinlikdagi), yupqa
listli po‘lat (4 mm dan kam qalinlikdagi) va keng polosali yoki universal
po‘latga bo‘linadi. 3 mm dan 8 mm gacha qalinlikdagi listlar ko‘pincha o‘rtacha
qalinlikdagi listlar deb ataladi. Qalin listli po‘lat 4 mm dan 160 mm gacha
qalinlikda va 4 m dan 12 m gacha uzunlikda 600 mm dan 5000 mm gacha
kenglikka ega bo‘ladi. Zirh plitalar 4500 mm gacha kenglikka va 550 mm gacha
qalinlikka ega bo‘ladi. Yupqa listli po‘lat 500 mm dan 2 500 mm gacha
kenglikka, 0,20 mm dan 3,75 mm gacha qalinlikka va 700 mm dan 4000 mm
gacha uzunlikka ega bo‘ladi. 0,20 mm dan kichik qalinlikdagi listlar (lenta)
folga deb ataladi. Listlar qirqilgan chekkalarga ega bo‘lishi lozim.
Elektrotexnik po‘lat va transformator po‘lati 750 va 1000 mm kenglikka va
0,35 mm dan 1,0 mm gacha qalinlikka ega bo‘ladi. Keng polosali yoki universal
po‘lat 200 mm dan 1500 mm gacha kenglikka va 4 mm dan 60 mm gacha
qalinlikka ega bo‘ladi. Yupqa po‘lat lentalar 20 mm dan 2500 mm gacha
kenglikda va qalinlikka bog‘liq ravishda 300 m gacha uzunlikda tayyorlanadi.
Amaliyotning ko‘rsatishicha qaynoq yoyilgan listlar va polosalarni ishlab
chiqarishning ko‘proq samarali usuli uzluksiz va yarim uzluksiz stanlarda
prokatlash bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, bu stanlarning mahsuloti sovuq
66
prokatlash stanlari uchn podkat sifatida qo‘llaniladi.
Qaynoq prokatlaydigan keng polosali stanlarda yuqori sifatli mahsulot
olish imkoniyatini belgilaydigan omillar slyablarni ratsional qizdirish
rejimlarini tanlash, prokatlashning samarali harorat-tezlik va deformatsion
rejimlaridan foydalanish, texnologik jarayonning asosiy parametrlarini nazorat
qiladigan va boshqaradigan zamonaviy vositalarni qo‘llash, zamonaviy
prokatlash va sayqal berish uskunalarini joriy qilish kabi omillar bo‘lib
hisoblanadi. Biroq shu bilan birgalikda, prokatlanadigan polosalarning eng katta
kengligi va qalinligi jo‘valarning o‘lchamlari va polsalarni o‘ragichga o‘rash
hamda va sovuq holatda ularni tarqatish imkoniyatlari bilan chegaralanadi.
Kemasozlik sanoati va magistral neft va gaz quvurlari tarmoqlari uchun
katta kenglikdagi listlarga bo‘lgan talab bir qator sanoati rivojlangan
mamlakatlarda, jumladan Rossiyada qudratli qalin listli stanlarni qurish
zaruratini shartlagan. Bu stanlar yuqori unumdorlik, ishlab chiqariladigan
mahsulotning aniq o‘lchamlari, yuzaning yaxshilangan sifati va prokatning
oshirilgan mexanik xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, zamonaviy
qalin listli stanlar listni sayqallaydigan agregatlar bilan jihozlangan va termik
ishlov berishni oqimli qilib o‘tkazish imkoniyatiga ega. Bunda yuqoriroq
ko‘rsatkichlar va list yuzalarining yuqoriroq sifatiga tayyorlanma sifatida
yoyilgan yoki quyilgan slyablardan foydalanish bilan erishiladi. Keyingi
vaqtlarda tayyorlanmani uzluksiz quyish mashinalarida (TUQM) olingan
quyilgan slyablarni qo‘llash tobora keng tarqalishga ega bo‘lmoqda, bu
prokatlashda yaroqli mahsulot chiqishi imkoniyatini oshiradi.
Keng polosali stanlarda prokatlash uchun faqatgina slyablardan
foydalaniladi, bu prokatlashda quyidagi afzalliklarni beradi: tayyor listlarning
yuzasining sifati va mexanik xususiyatlarining yaxshilanishi; ko‘proq bir tekis
qizdirish va prokatlash haroratini samarali nazorat qilish; stanlarning yuqoriroq
unumdorligi; tip - o‘lchamlar sonini kamaytirish va bir paytning o‘zida
quymalarning o‘rtacha og‘irligini oshirish.
Prokatlashdan oldin ko‘zdan kechirish bilan slyablarda yuzadagi
67
nuqsonlar aniqlanadi, ichkarida joylashgan nuqsonlarni aniqlash uchun esa
emirmaydigan nazorat qilish uslublaridan foydalaniladi. Odatda quymalarning
yuzalaridagi nuqsonlarni bartaraf qilish uchun olov bilan tozalash, qirish va
frezerlash, shuningdek alohida nuqsonlarni pnevmatik o‘yib olish qo‘llaniladi.
Slyablarni qalin polosali yoki keng polosali stanlarda prokatlashdan oldin
qizdirish uchun qizdirish quduqlari, osti suriladigan kamerali pechlar, metodik
itaruvchi pechlar va yuradigan to‘sinli pechlar qo‘llaniladi. Quymalarni
qizdirish uchun regenerativ va rekuperativ qizdirish quduqlari, shuningdek
kamerali pechlar qo‘llaniladi.
Quymalarni optimal qizdirish tezligi haroratning kesim bo‘yicha yo‘l
qo‘yiladigan tebranishiga rioya qilish shartidan tanlanadi, harorat intervali va
qizdirishda ushlab turish vaqti esa quymaning o‘lchamlari, kimyoviy tarkibi va
stanning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Zamonaviy qalin listli stanlar katta qattiqlik bilan tavsiflanadigan to‘rt
jo‘vali kataklarga ega, bu prokatlanadigan listlarning aniqligini oshirish va
tekisliligini yaxshilashga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, bu stanlar termik
ishlov beradigan qudratli qurilmalar, qo‘shimcha sayqallaydigan va boshqa
texnologik operatsiyalarni bajaradigan vositalar va agregatlar bilan jihozlangan,
bu asosiy va yordamchi asbob-uskunalarning texnologik darajasiga va uning
ratsional joylashuviga qo‘yiladigan talablarni oshiradi. Listli stanlar uchun,
sortli stanlardan farqli o‘laroq, jo‘valarni profillash jo‘valarning bochkasining
bo‘rtikligi yoki botiqligini hisoblashga keltiriladi, bu stanning tipi va uning
sortamentiga bog‘liq bo‘ladi (2.11 - rasm).
68
2.11 - rasm. Listli stanlarn ishchi vallarni sxemasi: a,b – ichkariga
kirgan; d - tashkariga bo‘rtib chiqqan xolatida
Qalin listlarni ishlab chiqarishda asosiy texnologik operatsiyalar
tayyorlanmalarni tayyorlash va qizdirish, listlarni prokatlash, termik ishlov
berish va sayqallashni o‘z ichiga oladi.
Prokatlash uchun vertikal jo‘valarga ega bo‘lgan katak bilan jihozlangan
ikki katakli stanlardan foydalanilgan holatda deformatsiyalash avval vertikal
jo‘vali katakda prokatlashni va podkat olinguncha 5-11 marta o‘tishlar bilan
qoralama katakda prokatlashni o‘z ichiga oladi. SHundan keyin prokatlash
listning talab qilinadigan qalinligi olinguncha 5-9 marta o‘tishlar bilan tozalama
katakda amalga oshiriladi.
Yoyilmalarni qoralama va tozalama kataklarda prokatlash bir paytda olib
boriladi. Kataklarning muvofiqlashgan tarzda ishlashi uchun qoralama va
tozalama prokatlash sikllarining qariyb teng bo‘lishi talab qilinadi. Prokatlash
tugagandan keyin listlar termik ishlov berishga tortiladi va sayqallashga
yuboriladi.
Plitalarni prokatlash shundan boshlanadiki, qizdirish quduqlari yoki
kamerali pechlarda qizdirilgan quymalar quymaning yon qirralarining
konusliligini yo‘qotish va kuyindini bartaraf qilish uchun vertikal jo‘vali
kataklarga beriladi. Qoralama katakda prokatlashda keng qirralarning
konusliligi bartaraf qilingandan keyin quymalar keng tomoni bilan jo‘valarga
beriladi va plitaning talab qilinadigan kengligi olinguncha prokatlanadi.
69
SHundan keyin tartibga keltirish bajariladi, buning uchun yoyilma tor tomoni
bilan jo‘valarga beriladi va qalinlik bo‘yicha talab qilinadigan o‘lcham
olinguncha prokatlanadi. Plitaning berilgan kengligini olish uchun plitalar
davriy ravishda vertikal jo‘vali katakda yon qirralari bo‘ylab siqiladi.
Prokatlangandan keyin plitalar sekinlashtirilgan sovutish, olov bilan qirqish va
tozalashga yuboriladi.
Qaynoq yoyilgan listli po‘latning zaruriy strukturasi va talab qilinadigan
mexanik va texnologik xususiyatlariga termik yoki termomexanik ishlov berish
bilan erishiladi. Termik ishlov berish maxsus qizdirish bilan yoki prokatlashda
qizdirishning issiqligidan foydalanish bilan amalga oshiriladi.
Qaynoq yoyilgan listli prokatga termik ishlov berishning asosiy turlari
normallashtirish, kuydirish, bo‘shatish, toblash, bo‘shatish bilan toblashni o‘z
ichiga oladi. Po‘lat prokatga termik ishlov berishning harorat rejimini belgilash
uchun odatda Fe – S diagrammadan foydalaniladi.
Metallga talab qilinadigan geometrik o‘lchamlarni (qalinlikdan tashqari)
berish, to‘lqinlilikni bartaraf qilish, yuzadagi nuqsonlar va kuyindini yo‘qotish
uchun listli prokatni sayqallash, shuningdek listni sovutish, nazoratdan
o‘tkazish va o‘rash operatsiyalari bajariladi. Sayqallash operatsiyalarining
xarakteri va ularni bajarish ketma-ketligi podkatning qalinligi, prokatlash
agregatining konstruksiyasi va qaynoq yoyilgan metallning mo‘ljallanishiga
bog‘liq bo‘ladi.
Qaynoq yoyilgan prokatni to‘g‘irlash qaynoq holatda ham, sovuq holatda
ham o‘tkaziladi. Polosalarni qaynoq to‘g‘irlash uchun to‘g‘irlash mashinalari
qo‘llaniladi, to‘g‘irlash operatsiyasi esa metallning 680-700 °S haroratida olib
boriladi. Mas’uliyatli mo‘ljallanishli metall uchun qaynoq to‘g‘irlashdan keyin
sovuq to‘g‘irlash o‘tkaziladi.
Qalin listlarni to‘g‘irlash uchun besh va o‘n bir rolikli to‘g‘irlash
mashinalari keng tarqalishga ega bo‘lgan. Uzluksiz keng polosali stanlarda
prokatlangan, keyinchalik sovuq prokatlash uchun mo‘ljallangan qaynoq
yoyilgan rulonlar erosti konveyeri bo‘ylab sovuq prokatlash sexiga
70
transportirovka qilinadi, bu erda yakuniy sovutish uchun joylashtiriladi. Qaynoq
yoyilgan tovar listli po‘latning asosiy qismi iste’molchiga listlar ko‘rinishida
jo‘natiladi. Rulon polosani listlarga ajratish uchun ko‘ndalang qirqish
agregatlaridan foydalaniladi.
Sovuq prokatlash yuzaning yuqori tozaligiga, geometrik o‘lchamlarga
beriladigan tor qo‘shimchalarga, zaruriy mexanik va fizikaviy xususiyatlarga
ega bo‘lgan polosalar va listlarni olishni ta’minlaydi.
Rulonli prokatlash sovuq yoyilgan listlarni olishning asosiy usuli bo‘lib
hisoblanadi. Bu usul bilan sovuq yoyilgan listlarni ishlab chiqarishda
quyidagilar
ta’minlanadi:
ko‘pchilik
texnologik
operatsiyalarni
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoniyati; mehnat unumdorligining
ortishi; chiqindilarning kamayishi va mahsulot sifatining yaxshilanishi hisobiga
yaroqli metall chiqishining ortishi; texnologik jarayonning uzluksizligi va
barqarorligi oqibatida metallning geometrik shakli va xususiyatlarining
yaxshilanishi. O‘zining afzalliklari natijasida rulonli usul ko‘pchilik sovuq
yoyilgan listlar ishlab chiqaradigan sexlarda qo‘llaniladi.
Ikkita qo‘shni rulonlarni prokatlashdan oldin polosalarning uchlarini
payvandlash orqali tutashtirish bilan polosalarni uzluksiz stanlarda cheksiz
sovuq prokatlash usuli ko‘proq istiqbolli bo‘lib hisoblanadi, bu jarayonning
mutlaq uzluksizligini ta’minlash va stanlarning unumdorligini oshirish imkonini
beradi. Polosalarni cheksiz prokatlash usuli zapravka qilish va polosaning
uchini berishga vaqt yo‘qotishni istisno qiladi, metall chiqindisi chiqishini va
jo‘valar sarfini kamaytiradi.
Polosali va listli po‘latni sovuq prokatlash uchun boshlang‘ich
tayyorlanma qaynoq yoyilgan rulonlar bo‘lib hisoblanadi, ular asosan qaynoq
prokatlaydigan uzluksiz listli stanlardan kelib tushadi.
Qaynoq yoyilgan rulonlar tarqatiladigan polosalarda ko‘ndalang sinishlar
hosil bo‘lishidan qochish uchun eritish agregatlarining tarqatgichiga rulonning
butun kesimi bo‘yicha to‘liq sovugan (80 - 90°S dan oshiq bo‘lmagan
haroratgacha) holatda beriladi. Keyinchalik sovuq prokatlash uchun
71
mo‘ljallangan metallning harorati kuyindini sindirgichning tortuvchi roliklariga
kirib kelishda 100°S dan oshiq bo‘lmasligi lozim. Sovuq yoyilgan listlar va
lentalarni ishlab chiqarish uchun quyidagi asosiy texnologik sxemadan
foydalaniladi:
polosaning yuzasini kimyoviy, mexanik yoki kombinatsiyalangan
(oldindan dressirovkalash bilan eritish) tozalash;
oraliq kuydirishlar bilan yoki ularsiz bir yoki bir nechta sikllar bilan
sovuq prokatlash;
moysizlantirish;
yakuniy termik ishlov berish;
dressirovkalash (unchalik katta bo‘lmagan siqish bilan qo‘shimcha sovuq
prokatlash);
sayqallash (chekkalarni qirqish, to‘g‘irlash, kerakli uzunliklarga qirqish,
moylash);
mahsulotni nazoratdan o‘tkazish va jo‘natish.
Listlar va polosalarni sovuq prokatlash uzluksiz va reversiv stanlarda
amalga oshiriladi. Sovuq yoyilgan tayyor listlarning sifati va sovuq prokatlash
stanlarining unumdorligi katta darajada qaynoq yoyilgan podkatning sifatiga
bog‘liq bo‘ladi, bu podkatga yuqori talablar qo‘yiladi. Prokatlash jarayonining
barqarorligini oshirish maqsadida yuzani eritish bilan tozalash liniyasiga
o‘rnatilgan diskli qaychilar yordamida qaynoq yoyilgan polosalarning
chekkalarini qirqish amalga oshiriladi. Qaynoq yoyilgan podkatning qalinligi
sovuq yoyilgan tayyor listning qalinligi va sovuq prokatlashda yig‘indi
siqishdan kelib chiqish bilan aniqlanadi.
Yupqa polosalarni sovuq prokatlashda
2,0-2,5 mm qalinlikdagi podkat
tanlanadi, bu 2 mm dan kichik qalinlikdagi polosalarni qaynoq prokatlash bilan
olishning mehnattalabligi va polosalarni tutashtiruvchi payvandlash sharoitlari
bilan izohlanadi (yupqa polosalarni payvandlashda sifatsiz chok olinadi).
Bugungi kunda uzluksiz agregatlarda (xususan, uzluksiz tozalash
agregatlarida)
polosalarni
tutashtirish
uchun
elektr
payvandlashdan
72
foydalanilmoqda.
Qaynoq yoyilgan polosalarning yuzasidan kuyindini yo‘qotish uchun
ikkita usul – mexanik va kimyoviy usul qo‘llaniladi.
Mexanik usulga maydalangan oqimli va maydalangan uloqtiruvchi ishlov
berish, kuyindini sindirgichda polosani roliklar atrofida bukish, dressirovkalash
kiradi. Polosaning yuzasiga mexanik ta’sir ko‘rsatish natijasida kuyindi sinadi
va chiqib ketadi.
Kimyoviy tozalash usuliga polosaning yuzasiga turli ximikatlar bilan
ishlov berish kiradi. Bunda kimyoviy reaksiyalar natijasida kuyindi asosiy
metalldan ajraladi. Yuzaning tozaligini oshirish maqsadida u suv bilan yuviladi,
quritiladi yoki kuyindi qoldiqlari va uning mahsulotlarining qoldiqlarini
chiqarib yuborish maqsadida siqilgan havo bilan puflanadi. Uglerodli va past
legirlangan po‘latlarni zamonaviy sovuq prokatlash sexlarida qaynoq yoyilgan
polosani Yuzani eritish bilan tozalash oltingugurt va tuz kislotalari eritmasida
amalga oshiriladi.
Sovuq yoyilgan listning sifati va prokat stanlarining unumdorligini
oshirish podkatning sifatini oshirish va sovuq prokat stanlarini qalinlik, tortish
va tekislilikni avtomatik rostlash tizimlari bilan jihozlash hisobiga amalga
oshiriladi.
Turli po‘latlar va qotishmalardan yupqa va o‘ta yupqa lentalarni ishlab
chiqarishning asosiy usuli kichik diametrli ishchi jo‘valarga ega bo‘lgan
stanlarda prokatlash bo‘lib hisoblanadi. Bunday o‘lchamli ishchi jo‘valardan
foydalanish ishchi kataklarning 4 jo‘vadan 20 jo‘vagacha bo‘lgan turli
konstruksiyalari ishlab chiqilishini rag‘batlantirgan. Po‘latni prokatlash uchun
mamlakat va xorij amaliyotida 20 jo‘vali stanlar eng keng tarqalishga ega
bo‘lgan.
Prokatlanadigan mahsulotning sortamentiga bog‘liq ravishda 20 jo‘vali
stanlar shartli ravishda ikkita guruhga bo‘linadi.
Birinchi guruh stanlari hozirgi kunda ko‘proq keng tarqalishga ega
bo‘lgan bo‘lib, 1-50 mkm qalinlikdagi polosalar va lentalarni prokatlash uchun
73
mo‘ljallangan. Bunday stanlarning kataklarida bochkaning 60-400 mm
uzunligida 3-30 mm diametrli ishchi jo‘valar qo‘llaniladi. Podkat sifatida ishlab
chiqariladigan mahsulotning sortamenti va ishchi jo‘valarning diametriga
bog‘liq ravishda 0,03-1 mm qalinlikdagi sovuq yoyilgan lentadan foydalaniladi.
Ikkinchi guruh stanlari 50 mkm dan oshiq qalinlikdagi polosalarni
prokatlash uchun xizmat qiladi. Bunday stanlarning kataklarida bochkaning
450-1200 mm uzunligida 45-80 mm diametrli ishchi jo‘valar qo‘llaniladi.
Podkat sifatida 1-1,5 mm qalinlikdagi sovuq yoyilgan polosalar qo‘llaniladi,
ba’zi bir o‘ragichli stanlar uchun esa 3 mm gacha qalinlikdagi qaynoq yoyilgan
podkat qo‘llaniladi.
Bochkasining uzunligi 1700 mm va undan oshiq bo‘lgan 20 jo‘vali
stanlarni alohida guruhga ajratish lozim bo‘ladi, ularda ishchi jo‘valarning
diametri 150 mm gachani tashkil qiladi. Bu stanlar uchun qaynoq yoyilgan
podkatning qalinligi 3-4 mm ni, rulonlarning og‘irligi esa - 15 t gachani tashkil
qiladi.
Kichik diametrli jo‘valarga ega bo‘lgan 20 jo‘vali stanlarda prokatlash
jarayonining texnologik o‘ziga xos xususiyati (0,1-0,4) σ
t
ni tashkil qiluvchi
katta solishtirma tortishlarni qo‘llash zarurligi bo‘lib hisoblanadi (σ
t
–
metallning oquvchanlik chegarasi).
O‘ta yupqa lentalarni 20 jo‘vali stanlarda prokatlashda po‘lat jo‘valar
ham (9X, 9XF, R18, 6X6M1F va boshqa markali po‘latlar), qattiq
qotishmalardan ishlangan jo‘valar ham qo‘llaniladi.
Himoyalaydigan qalay qoplamalar yoki lak, rux, xrom va boshqalar kabi
maxsus qoplamalar bilan qoplangan 0,10-0,36 mm qalinlikdagi sovuq yoyilgan
kuydirilgan listli po‘lat alohida nom bilan – tunuka deb ataladi. Tunuka 512-1
000 x 712-1 200 mm o‘lchamli listli qilib yoki 1 m gacha kenglikka va 15 t
gacha og‘irlikka ega bo‘lgan rulonli qilib ishlab chiqariladi.
Dunyoda qalay qatlami bilan qoplangan tunuka (oq tunuka yoki
o‘tirg‘izilgan tunuka) eng keng tarqalishga ega bo‘lgan. Himoyalaydigan
qatlamni qoplash usuli bo‘yicha u qaynoq o‘tirg‘izilgan tunuka (qalay qoplama
74
qatlamining qalinligi 1,
6-2,5 mkm) va elektrolitik o‘tirg‘izish usuli bilan
o‘tirg‘izilgan tunukaga (qalay qoplama qatlamining qalinligi 0,34-1,56 mkm)
bo‘linadi.
Himoyalaydigan qalay qoplamaga ega bo‘lmagan tunuka o‘tirg‘izilmagan
tunuka yoki qora tunuka deb ataladi.
Hozirgi kunda oq tunuka ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi
jarayonlarni o‘z ichiga oladi: berilgan kimyoviy tarkibli po‘latni eritish, qaynoq
prokatlash, kuydirish (uzluksiz yoki qalpoqli pechlarda) to‘g‘irlash, qalay yoki
xrom qoplamani qoplash, passivlashtirish, moylash, berilgan o‘lchamli listlarni
qirqish, tayyor mahsulotni o‘rash.
Qora tunuka – yupqa listli (0,1-0,5 mm) sovuq yoyilgan, himoyalaydigan
qatlamga ega bo‘lmagan po‘lat 08kp, 08ps, 10kp, 10ps markali po‘latlardan
tayyorlanadi. Bu mahsulotdan asosan elektrotexnika sanoati va mashinasozlikda
foydalaniladi va rulonli va listli qilib ishlab chiqariladi.
|