O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

Jo‘valar o‘rtasidagi oraliq – kalibr hosil qiladigan jo‘valarning burtlari 
o‘rtasidagi eng qisqa masofadir, millimetrlarda ifodalanadi.
Kalibrning ajralmasi – profilning chegara chizig‘i bir jo‘vadan boshqasiga 
o‘tadigan joydir. 
Kalibrning tirqishi – deb tgψ 100% sifatida aniqlanadigan kattalikka 
aytiladi, bu erda ψ – kalibr devorining vertikal tekislikka nisbatan egilish 
burchagi. Tirqish tufayli yoyilmaning kalibrda markazlashishi, prokatlanadigan 
metallning jo‘valar tomonidan silliq va bir tekis qamrab olinishi, shuningdek 
polosaning kalibrdan erkin chiqishi ta’minlanadi. Tirqishsiz kalibrda polosa 
qisilib qolishi mumkin, bu jo‘vaning to‘xtab qolishiga olib keladi (polosa 
jo‘vaga o‘ralib qoladi).
Kalmbr 
elementlarining 
dumaloqlanish 
radiuslari 
jo‘valarning 
mustahkamligini oshiradi va prokatlanadigan profillirning sovush tezligini 
pasaytiradi.
Kalmbrning neytral chizig‘i deb unga nisbatan prokat jo‘valari 


59 
prokatlanadigan metallning yuqorigi va pastki qismlariga bir xil kuch bilan 
ta’sir ko‘rsatadigan chiziqqa aytiladi. Natijada yoyilmaning jo‘valardan to‘g‘ri 
chiziqli chiqishi ta’minlanadi.
Sortli prokat ishlab chiqarishda ikki jo‘vali kalibrlar eng ko‘p tarqalishga 
ega bo‘lgan, ko‘p jo‘vali (asosan uch va to‘rt jo‘vali) kalibrlar kamroq 
qo‘llaniladi.
Ikki jo‘vali kalibrlarni shakli, mo‘ljallanishi va konstruksiyasi bo‘yicha 
tasniflash qabul qilingan.
Shakliga bog‘liq ravishda kalibrlar oddiy va murakkab (fasonli) bo‘lishi 
mumkin. Ikki jo‘vali oddiy kalibrlar deb shunday kalibrlarga aytiladiki, ular, 
xuddi ularda prokatlanadigan polosa kabi ikkita simmetriya o‘qiga ega bo‘ladi. 
Oddiy kalibrlar ro‘yxatiga yashik, to‘g‘ri burchakli, rombsimon, ovalsimon, 
polosa, olti burchakli, ko‘p burchakli kalibrlar kiradi. Fasonli kalibrlar 
ugolnikli, relsli, balkali, shvellerli va hokazo kalibrlar bo‘ladi. 4.16 rasmda 
kalibrlarning asosiy turlari keltirilgan.
2.7 - rasm. Kalibrlar sxemasi: a – to‘rt burcha shkalga o‘xshasha; b – rom 
shakldagi, d – kvadrat shakldagi; e – oval shakldagi; f – aylana; g – enli;
h – rebrali; i – olti burchakli; j – ko‘p qirrali 


60 
Yashik kalibr (2.7, a rasm) jo‘valarda trapetsiyasimon o‘yiqlarni ishlash 
bilan hosil qilinadi va blyuminglar, siquvchi va uzluksiz tayyorlanmali stanlar, 
sortli stanlarning siquvchi va qoralama kataklarida to‘g‘ri to‘rtburchak va 
kvadrat profillarni prokatlash uchun, shuningdek relsto‘sinli va yirik sortli 
stanlarda tovar tayyorlanmalarni olish uchun qo‘llaniladi.
Rombsimon kalibr (2.7, b rasm) jo‘valarda kichik diagonal bo‘yicha 
o‘yilgan romb shakliga ega va romb-romb va romb-kvadrat kalibrlash tizimida 
qisuvchi va tozalamadan oldingi kalibrlar sifatida foydalaniladi.
Kvadrat kalibr (2.7, v rasm) jo‘valarda diagonal bo‘yicha o‘yilgan kvadrat 
konfiguratsiyasiga ega va kvadrat profillarni prokatlashda qoralama va tozalama 
kalibrlar sifatida, romb - kvadrat, oval - kvadrat va oltiburchak – kvadrat 
tizimlarida cho‘zuvchi kalibr sifatida qo‘llaniladi. 
Ovalsimon kalibr (2.7, g rasm) jo‘valarga kichik o‘q bo‘yicha o‘yiladi va 
dumaloq profillarni prokatlashda tozalamadan oldingi kalibr sifatida va oval – 
qovurg‘ali oval tizimida va boshqalarda cho‘zuvchi kalibr sifatida qo‘llaniladi.
Dumaloq kalibr (2.7, d rasm) perimetrning asosiy qismida aylana konturi 
bilan ishlanadi va dumaloq po‘latni prokatlashda tozalama kalibr sifatida va 
oval – aylana tizimida cho‘zuvchi kalibr sifatida qo‘llaniladi. 

Download 6,57 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish