58
Kalibrlangan jo‘valar (2.6 - rasm) uchun profil va prokat jo‘valarini
kalibrlashga tegishli bo‘lgan terminologiya qo‘llaniladi.
Kalibr – bu prokat katagidagi ishchi holatdagi jo‘valar tomonidan hosil
qilingan ma’lum bir shakldagi oraliqdir.
Jilg‘a – bochkalardan birida ishlangan har qanday shakldagi kertik yoki
bo‘rtikdir. Yuqorigi va pastki jo‘valardagi ikkita jilg‘a va jo‘valar orasidagi
oraliq kalibrni tashkil qiladi. Kalibr bir nechta jo‘valar bilan hosil qilingan
bo‘lishi mumkin, chunki prokatlashda uchta va undan ko‘p jo‘valarga ega
bo‘lgan maxsus prokat kataklari qo‘llaniladi.
Kalibrning tubi jo‘vaning eng kichik diametriga mos keladi va
kalibrlarning ba’zi bir turlari uchun (qovurg‘ali, kvadrat va boshqalar) nuqtaga
aylanishi mumkin.
Burt bir kalibrni boshqasidan ajratadi va jo‘va burt bo‘ylab maksimal
diametrga ega bo‘ladi.
Jo‘valarning ajralmasi - burtlar bo‘ylab jo‘valar orasidagi kenglikdir.