O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

tayyorlanmali stanlar bevosita blyumingdan (slyabingdan) keyin o‘rnatiladi va 
odatda har birida oltitadan katak bo‘lgan ikkita uzluksiz guruhga ega bo‘ladi. 
Tayyor prokat ishlab chiqaradigan stanlarga sortli, listli, quvur stanlari va 
maxsus stanlar kiradi.
Sortli stanlarga yirik sortli, relsto‘sinli, o‘rta sortli va kichik sortli stanlar 
kiradi. Mo‘ljallanishi bo‘yicha ular ikkita guruhga bo‘linadi: umumiy 
mo‘ljallanishli va ixtisoslashtirilgan stanlar. Umumiy mo‘ljallanishli stanlar 
mashinasozlik va qurilishning barcha tarmoqlari uchun keng sortamentda sortli 
mahsulot ishlab chiqaradi, ixtisoslashtirilgan stanlar esa faqatgina sanoatning 
ba’zi bir tarmoqlarida foydalaniladigan nisbatan tor sortamentda sortli metall 


45 
ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan.
Yirik sortli stanlarda 50 mm dan oshiq diametrli dumaloq kesimli prokat, 
shuningdek ko‘ndalang kesim maydoni bo‘yicha teng kattalikdagi kvadratlar, 
ugolniklar, shvellerlar va boshqa profillar ishlab chiqariladi. O‘rta sortli 
stanlarda – 30 mm dan 50 mm gacha diametrli dumaloq kesimli profillar va 
maydoni bo‘yicha teng kattalikdagi boshqa profillar ishlab chiqariladi. Kichik 
sortli stanlarda 10 mm dan 30 mm gacha diametrli prokat va boshqa teng 
kattalikdagi profillar ishlab chiqariladi. Bu stanlarga 5,0-8,0 mm diametrli 
dumaloq prokat (katanka) ishlab chiqaruvchi ixtisoslashtirilgan simli stanlar 
ham kiradi.
 
Yirik sortli stanlar tozalama katakda 850-500 mm dimetrli, o‘rta sortli 
stanlar 500-350 mm diametrli, kichik sortli stanlar 350-250 mm diametrli va 
simli stanlar 280-150 mm diametrli jo‘valarga ega.
Relsto‘sinli stanlar asosiy mahsulotdan tashqari (relslar va to‘sinlar) 
boshqa yirik sortli profillarni ham ishlab chiqaradi.
Listli stanlarga qalin listli va yupqa listli (rulon) prokatlarni prokatlash 
uchun mo‘ljallangan stanlar kiradi. Polosali yoki iltrips stanlarda quvurlarni 
payvandlash agregatlari uchun polosalar ishlab chiqariladi.
Quvur stanlariga tikishli, yoyish stanlari va quvurlarni sovuq prokatlash 
stanlari, shuningdek payvandlangan quvurlarni olish uchun mo‘ljallangan 
stanlar kiradi. Maxsus stanlarga davriy bukilgan profillarni prokatlash uchun 
mo‘ljallangan stanlar, sharprokatli, g‘ildirakprokatli stanlar va boshqalar kiradi.
Har bir prokat stanining asosiy deformatsiyalovchi uskunasi jo‘valar 
bo‘lib hisoblanadi, ular ishchi kataklarga o‘rnatilgan podshipniklarda aylanadi. 
Jo‘valarni yuritish oraliq uzatish mexanizmlari va qurilmalari orqali 
elektrodvigatel bilan amalga oshiriladi. Jo‘valarni aylanma harakatga 
keltiradigan uskunalar, shuningdek metallni plastik deformatsiyalashda kuchlar 
va burovchi momentlarni o‘ziga qabul qiladigan uskunalar katakning ishchi 
liniyasini tashkil qiladi (2.3 - rasm). 


46 
2.3 - rasm. Listli prokatlash stanini to‘rt valli ishchi kletni asosiy liniyasini 
sxemasi:1 – ishchi qism; 2 – universal shpindel; 3 – elektrodvigatel; 4 – 
shesterniyali klet; – reduktor; 6 – motor uchun mufta; 7 – mahalliy mufta; 8 – 
shpindelni moslashtirish uchun purjinali moslama; 9 - tayanchli o‘zgarmas 
jo‘va; 10 – ishchi o‘zgaruvchan jo‘va; 11 – stanina; 12 – plita; 13 – plitaga 
maxkamlangan bolt 
Ishchi liniyaga kiradigan uskunalar uchta asosiy guruhga bo‘linadi: 
- 9, 10 jo‘valar va 11 staninaga ega bo‘lgan 7 ishchi katak; 
- 2, 4-7 uzatish mexanizmlari;\ 
- 3 bosh elektrodvigatel. 

Download 6,57 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish