42
Elektron qurilmalarni tasniflashda axborotlarni
toʻplash, uzatish va
qabul qilish usuli eng muhim belgilardan hisoblanadi. Elektron quril-
malar (EQ)
analog
va
diskret
(
raqamli
) qurilmalarga ajratiladi.
Analog sxemotexnika
uzluksiz
oʻzgaruvchi
elektr signallarni
uzatish, qayta ishlash, qabul qilish uchun xizmat qiluvchi EQlarni ishlab
chiqish va
oʻrganish bilan shug‘ullanadi. Bu, analog EQ (AEQ)larda
signal qiymati minimaldan maksimalgacha
oʻzgarganda, uni qayd qilish
va uzatish uzluksiz amalga oshirilishini anglatadi.
AEQlarning asosiy afzalligi nisbatan tezkor ishlashidan va
soddaligidan iborat. Kamchiliklari sifatida
temperatura va boshqa omil-
lar ta’sirida parametrlari nobarqarorligini va xalaqitbardoshligining
kichikligini; axborotni uzoq vaqt saqlash qiyinligini aytib
oʻtish kerak.
Analog qurilmalar asosini sodda kuchaytirgich kaskadlar tashkil
etadi. Ular asosida murakkabroq kuchaytirgichlar, tok va
kuchlanish
stabilizatorlari, chastota
oʻzgartgichlar, sinusoidal tebranishlar genera-
torlari va boshqa qator sxemalar yaratiladi.
Raqamli sxemotexnika
qiymati
boʻyicha kvantlangan elektr
signallarni uzatish, qayta ishlash va
qabul qilishga m
oʻljallangan diskret
EQ (DEQ)larni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Kvantlash
deb
uzluksiz signalni uning alohida nuqtalardagi qiymatlari bilan
almashtirish jarayoniga aytiladi. Natijada, DEQlar signallarning bir-
biridan keskin farqlanuvchi ikkita sath bilan ish
koʻradi.
DEQlarning afzalliklari: qurilmada sochiluvchi quvvat kichikligi,
elementlar parametrlari nobarqarorlikka
nisbatan sust
bogʻlanganligi,
xalaqitbardoshligining yuqoriligi, axborot saqlash, uzatish va qayta
ishlash kanallarida bir turdagi elementlar
qoʻllanishi, oʻz
navbatida,
yuqori ishonchlilik, kichik
oʻlchamlilik va arzonlilikni ta’minlaydi.
Raqamli qurilmalar asosini ikkita
Turgʻun (ochiq va berk) holatda
ishlashi
mumkin
boʻlgan tranzistorli elektron kalitlar tashkil etadi.
Sodda kalitlar asosida murakkabroq sxemalar: mantiqiy, bistabil,
triggerli va boshqalar yaratiladi.
Raqamli va analog qurilmalar xususiyatlarini, chiqish kattaligining
kirish kattaligiga
bogʻliqligini ifodalovchi,