|
Axborotni qayta ishlash jarayoni Pdf ko'rish
|
bet | 139/258 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 6,22 Mb. | | #239912 |
Bog'liq elektronikaAxborotni qayta ishlash jarayoni
berilgan dastur asosida bir
qator operatsiyalarni ketma-ket bajarishdan iboratdir. Har bir operatsiya
dastur komandalari tomonidan aniqlanadi. Raqamli tizim ikki turdagi
axborot ustidan operatsiyalarni amalga oshiradi: qayta ishlanadigan
ma’lumotlar va komandalar. Qayta ishlash dasturini tashkil etuvchi
ma’lumotlar va komandalar xotira qurilmasida (XQ) saqlanadi. XQ har
biri ma’lum adresga ega
boʻlgan alohija xotira yacheykalaridan iborat.
Xotira yacheykasi bitta ikkilik sonni saqlaydi. Bu son yoki ma’lumot,
yoki komanda
boʻlishi mukin. Aniq mikroprotsessor bajarishga qodir
boʻlgan har bir operatsiya ba’zi sonlar bilan kodlanadi. Bu son
operatsiya kodi
deb ataladi. Operatsiya kodlari mikroprotsessorli tizim
xotirasiga (OXQ yoki DXQga) ma’lum ketma-ketlikda yoziladi.
Protsessor ketma-ket, bayt ketidan bayt
koʻrinishida operatsiya
kodlarini
oʻqiydi va kelib tushish tartibiga asosan ularni bajaradi.
Komandalarni kodlash uchun
esa operatsiya turini belgilovchi
kodni
koʻrsatish kifoya emas. Chunki dasturchi ishlatayotgan komanda
odatda, elementar funktsiyalar ketma-ketligidan iborat
boʻlib, protsessor
bloki ketma-ket bajariladi. Misol ta’riqasida ikkita sonni
qoʻshish
komandasini
koʻrib chiqamiz. Bu komandani bajarigsh uchun
protsessorga quyidagilarni berish lozim:
birinchi son saqlanayotgan yacheyka adresi;
ikkinchi son saqlanayotgan yacheyka adresi;
natija joylashtirlishi talab etilayotgan adres.
Shu sababli operatsiya kodidan tashqari, har bir komanda yana bir
yoki bir nechta parametrga ega
boʻlishi mumkin. Bu misolda
keltirilgandek faqat operandlar adresi
boʻlishi shart emas. Parametrlar
boʻlib konstantalar, yordamchi registrlar raqami va boshqa maxsus
kodlar
boʻlishi mumkin.
Misol tariqasida 9.3-rasmda mikrokontroller dasturi xotirasida
ketma-ket joylashgan 8 ta yacheykalar keltirilgan. Ularga foydlanuvchi
dasturi
boʻlgai kiritilgan boʻlib, real dastur fragmenti deb hisoblash
mumkin.
|
| |