234
Rasmda faqat
nolinchi razryad sxemasi t
oʻliq aks ettirilgan, qolgan
razryadlar sxemasi xuddi shunday
boʻladi. Uzatish zanjirida ikkita
buferli kuchaytirgich ulangan
boʻlib, ular uchta holatga ega. Bunda agar
kuchaytirgichlardan biri
ulangan holatda
boʻlsa, boshqasi uzilgan
(uchinchi) holatda
boʻladi. Demak, agar 1 kuchaytirgich ulangan holatda
oʻrnatilgan boʻlsa, 2 kuchaytirgich uzilgan holatda boʻladi va uzatishlar
1 kuchaytirgich orqali 1 chiqishdan 19
chiqishga
yoʻnalgan holda
uzatiladi (A0 dan B0 ga). Agar kuchaytirgichlarni teskari tartibda qayta
ulasak, ya’ni 2 kuchaytirgich
ulangan holatda
oʻrnatilgan, 1 kuchaytir-
gich uzilgan holatda
boʻladi va uzatishlar 2 kuchaytirgich orqali 19
chiqishdan 1 chiqishga
yoʻnalgan holda uzatiladi (B0 dan A0 ga).
Kuchaytiigich holatlarini boshqarish 1 va 2 YOKI-EMAS mantiqiy
elementlari orqali BK va T boshqaruv signallari yordamida amalga
oshiriladi. Agar BK kirishda mantiqiy 1 darada
oʻrnatilgan boʻlsa, u
holda, T signali qiymatidan qat’i
nazar YOKI-EMAS elemientlar
kirishida mantiqiy0
darajasi
oʻrnatiladi va barcha razryadlarda ikkala
kuchaytirgich uzilgan holatda
boʻladilar. Demak, ma’lumotlar uzatish na
toʻgʻri, na teskari yoʻnalishda amalga oshirilmaydi. BK=0 va T=1
signallar kombinatsiyasida 1YOKI-EMAS elementi kirishida mantiqiy 1
daraja
oʻrnatiladi va kuchaytirgichlar
barcha razryadlarda ulangan
holatda
boʻladilar; 2YOKI-EMAS elementi chiqishida mantiqiy 0
darajasi
oʻrnatiladi va 2 kuchaytirgich uzilgan holatga oʻtadi. 8 razryadli
ma’lumotlar A dan V ga uzatiladi. BK=0 va T=0 signallar
kombinatsiyasida aksincha, 2YOKI-EMAS
elementi kirishida mantiqiy
1 daraja
oʻrnatiladi va 2 kuchaytirgichlar ochiladi kuchaytirgichlar
barcha razryadlarda ulangan holatda
boʻladilar; 1YOKI-EMAS elementi
chiqishida mantiqiy 0 darajasi
oʻrnatiladi va 1 kuchaytirgich uzilgan
holatga
oʻtadi. 8 razryadli ma’lumotlar B dan A ga uzatiladi. Shunday
qilib, shinali shakllantirgich boshqariluvchi 8 razryadli ma’lumotlarni
ikki tomonlama uzatilishini ta’minlaydi.